Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi kunda ijtimoy tarmoq rivojlanib, foydalanuvchilarga ka | O’ZBEKISTON "ADOLAT" SDP YOSH ADOLATCHILAR QANOTI

Bugungi kunda ijtimoy tarmoq rivojlanib, foydalanuvchilarga katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Istalgan vaqtda, xoxlagan joyingizda axborot olish, yuborish juda qulay va ommalashib bormoqda. Foydalanuvchilar safi ham kun sayin kengayib, ortib bormoqda. Biroq, undan hamma ham oqilona foydalanyaptimi? Afsuski, bunday deb bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini, ayniqsa yoshlarni ushbu o‘rgimchak to‘ridan ezgu maqsad yo‘lida foydalanishlarini tushuntirish, turli guruh va oqimlarga qo‘shilib qolishlaridan asrash, g‘araz maqsadli tarmoqlarning qutqulariga uchmaslikni tushuntirish dolzarb masalaga aylanib qolmoqda.
“Adolat” SDP Namangan shahar Kengashi “Yosh adolatchilar” qanoti raisi, A. Usmonxo‘jaev aynan shu maqsadda So‘fizoda nomidagi axborot kutubxonada huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazdi. Ushbu davra suxbatida yoshlarga internetdan oqilona foydalanish, keraksiz sayt va guruhlarni kuzatmaslik, shubxali shaxslar bilan yozishmaslik va buning salbiy oqibatlari to‘g‘risida o‘z fikr muloxazalari bilan o‘rtoqlashdi. Yoshlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.

Unda 30 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.

https://t.me/yosh_adolatchilar_24