Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent va Toshkent viloyatining ayrim hududlari elektrsiz qo | YO'L-YO'LAKAY

Toshkent va Toshkent viloyatining ayrim hududlari elektrsiz qoldi

Bugun soat 14:23 da Toshkent shahrida 110 kVli “L-DOK-1” va “L-DOK-2” yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan.

Shu sababli Yunusobod, Olmazor Shoyhontohur tumanlarining baʼzi hududlari hamda Toshkent viloyati, Toshkent tumanining ayrim qismlari isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilgan.

Ayni vaqtda tezkor brigadalar mazkur nosozlikni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

@YOL_YOLAKAY