Get Mystery Box with random crypto!

SAMARQANDLIK YOSHLAR

Telegram kanalining logotibi yiasamyosh — SAMARQANDLIK YOSHLAR S
Telegram kanalining logotibi yiasamyosh — SAMARQANDLIK YOSHLAR
Kanal manzili: @yiasamyosh
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.30K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi
Murojaat uchun: @samyoshbot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 16:41:43
#Repost #Uzbekistan #UZB31

31-avgust — Oʻzbekistonda Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni

Istiqlol yoʻlida jon berganlar orasida yurtimiz ziyolilari — jadidlar ham bor. Yoshlar ishlari agentligi jamoasi maʼrifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayotini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish uchun yangi loyiha — “Jadidlar” toʻplamini ishlab chiqqandi.

“Jadidlar” to‘plami respublikamizning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va kutubxonalarga bepul tarqatilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi
368 views13:41
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:00:54
Вилоят ҳокимлигида Президент фармонига кўра Ватанимиз мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан давлатимизнинг юксак унвон, орден ва медаллари билан тақдирланган самарқандликларга мукофотлар топширилди...
399 views11:00
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:00:53
317 views11:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 20:06:44
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻolib boʻlgan chempion yigitlarimizga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, olimpiadada munosib ishtirok etgan qizlarimizga “Kelajak bunyodkori” medali hamda terma jamoamiz murabbiylariga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvonini shaxsan Prezidentimizning oʻzlari topshirdilar.

Bizning sahifamiz:
@yoshlaragentligi
445 views17:06
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:09:29
#Diqqat

Sizning farzandingiz fan, ta'lim, sport, san'at, madaniyat va boshqa sohalarda yutuqlarga erishgan va siz uning natijalarini ommaga taqdim qilmoqchimisiz?

Siz o'rta, o'rta-maxsus yoki oliy ta'lim muassasasida tahsil olasiz va alohida qobiliyat egasi sifatida televideniya va bosma nashrlarda o'z iste'dodingizni namoyon etmoqchimisiz?

Siz "Yoshlar daftari"da turasiz va alohida yordam va ko'makka muhtojsiz, ammo kimga, qay tartibda murojaat qilishni bilmasdan qiynalyapsizmi?

U holda "Samarqand yoshlari" gazetasi sizga ko'maklashadi. Endi siz o'z ijod na'munalaringizni ommaga taqdim etish, farzandingizning yutuqlarini barcha yurtdoshlarimiz bilan bo'lishishingiz, sizni qiynayotgan muammolarga biz bilan birgalikda yechim topishingiz mumkin.

Biz bilan bog'laning va "Samarqand yoshlari" gazetasiga obuna bo'ling:

Telegram:
@samarqandyoshlari_uz
Murojaat uchun:
@Vahobjon_Avazov
Telefon:
+998933597378

Telegram sahifamiz @yiasamyosh
743 views15:09
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:56:59
Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi qoshidagi Yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan Uygʻonish ijodiy loyihasi ishtirokchilari samarqandliklar oʻrtasida mustaqillik bayrami munosabati bilan soʻrovnoma oʻtkazdi.

Telegram sahifamiz @yiasamyosh
943 views14:56
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:41:46
Munosabat: Yetakchi tomonidan yo'l qo'yilgan xatolik bartaraf etildi

Samarqand viloyati Urgut tumani Jartepa mahallasida yashovchi Umar Husanov tomonidan @Kusherbayevga_murojaat telegram kanali orqali "Nomimga ajratilgan yerni topib berishsin" sarlavhasi ostida o'zining "Yoshlar daftari"ga kirgan bo'lsada, hech qanday yordam berilmasdan sababsiz chiqarib yuborilganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Mazkur holat Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan borib o'rganildi. Natijada Urgut tumani Jartepa mahallasi yoshlar yetakchisining o'z ishiga sovuqqonlik bilan yondoshganligi sabab mavjud holat yuzaga kelganligi aniqlandi.

Batafsil...

You tube | Instagram | Telegram | Facebook
1.1K views09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:00:12 #Биласизми

Тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитларини ажратиш тартиби

Таълим кредитлари таълим ташкилотлари бакалавр ҳамда магистратуранинг кундузги, сиртқи ва кечки таълим шаклида тўлов-контракт асосида ўқишга тавсия этилган ёки қабул қилинган, шунингдек ўқишини кўчирган Ўзбекистон фуқароси бўлган талабаларга берилади.

Бунда, кредит олувчининг доимий даромад манбаига эга оила аъзолари (ота-онаси, ака-укаси, опа-синглиси, эри ёки хотини) ёки васийлари биргаликда кредит олувчи сифатида қатнашиши мумкин.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

Таълим кредитини олиш учун Молия вазирлигининг расмий веб-сайтида эълон қилинган тижорат банкларига қуйидаги ҳужжатлар тақдим этилади:

ариза;
тўлов-контракт шартномаси ва унга илова қилинадиган ҳисоб варақаси/фактураси (мавжуд бўлганда). Шартномада ўқишни тамомлашнинг белгиланган муддати ва бир йил учун тўлов миқдори кўрсатилган бўлиши лозим;
таълим кредити қайтарилишининг таъминоти бўйича ҳужжат. Бунда “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг фарзандларига ажратиладиган таълим кредити бўйича гаров ва кафиллик талаб этилмайди;
“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилганлигини тасдиқловчи маълумотнома (“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган оилалар фарзандлари учун);
биргаликда кредит олувчига тегишли маълумот.

Ҳужжатлар 5 иш кунида кўриб чиқилади.

Таълим кредити шартномаси тўлов-контракт шартномасида кўрсатилган бир йиллик тўлов суммасига тенг миқдордаги суммага тузилади.

Таълим кредити кредит олувчига Марказий банкнинг асосий ставкаси миқдорида ажратилади.

Бунда, Марказий банкнинг асосий ставкаси пасайтирилган тақдирда, таълим кредити бўйича фоиз ставкаси мутаносиб равишда пасаяди, Марказий банкнинг асосий ставкаси оширилган тақдирда эса таълим кредити бўйича фоиз ставкаси ўзгаришсиз қолади.

Мазкур тартиб:

чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларга;
тижорат банклари томонидан Жамғарма маблағларидан ташқари бошқа манбалар ҳисобидан бериладиган таълим кредитларига нисбатан татбиқ этилмайди.

Табақалаштирилган тўлов-контрактни ва унинг минимал миқдорига тенг бир марталик бошқа тўловларни амалга ошириш учун таълим кредити ажратилмайди.

Telegram sahifamiz @yiasamyosh
1.6K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:52:54
Viloyatning Qo‘shrabod tumani Qoratosh mahallasi yoshlar yetakchisi Doniyor Navro‘zov tomonidan Besh tashabbush olimpiyadasining ikkinchi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari hamda ''Bir nuroniyga o‘n nafar yosh'' tamoyili ostidagi nuroniy va yoshlar uchrashuvi, shaxmat musobaqasi va zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Telegram sahifamiz @yiasamyosh
909 views06:52
Ochish/sharhlash
2022-08-29 19:54:16
Yurtimizda ilk bor “Intellektual maktab” loyihasi!

Joriy yilning 25-28-avgust kunlari Jizzax viloyatining “Zomin” oromgohida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Intellektual maktab" loyihasi o‘tkazildi!

Ushbu loyihada, 175 nafar ishtirokchi «Zakovat», «Munozara» hamda «Shaxmat» turnirlarida o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

“Zakovat” turnirida 17 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, “Munozara” turnirida 14 ta hududdan jamoalar ishtirok etdi. Bundan tashqari “Munozara” intellektual turnirining tarixi, pozitsiyalar tasnifi, turnir qoidalari yuzasidan seminar-trening ham bo‘lib o‘tdi!

Loyiha Shaxmat bo‘yicha Osiyo va Jahon olimpiada turnirlari chempionlari hamda "Zakovat" va "Munozara" intellektual o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini bir nuqtada birlashtirdi.

Telegram sahifamiz @yiasamyosh
1.0K views16:54
Ochish/sharhlash