Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT TANLOV Qadrli talaba-yoshlar, mamlakatimiz mustaqill | 𝐍𝐀𝐌𝐃𝐔 || Yoshlar ittifoqi BT

DIQQAT TANLOV

Qadrli talaba-yoshlar, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan tanlov e'lon qilinadi!

Tanlovimiz 2 ta:
"Eng yaxshi videorolik" (Shartlari: mustaqillik bayrami shukuhini ifodalovchi, kreativ yondashilgan, vatanparvarlik g'oyalari asosida tayyorlangan, vaqti 3-4 daqiqa, hajmi 30 mb dan oshmagan bo'lishi lozim)

"Eng yaxshi fotosurat" (Shartlari: mustaqillik bayrami shukuhini ifodalovchi, talaba-yoshlar orasida minnatdorlik hissini targ'ib etuvchi, HD formatda muallif tomonidan suratga olingan bo'lishi lozim) nominatsiyalari bo'yicha bo'lib o'tadi.

Eslatma: Faqatgina 1-o'rinni egallagan g'oliblar mustaqillik bayrami arafasida taqdirlanadi, qolgan ishtirokchilarga diplom va tashakkurnomalari elektron shaklda yuboriladi. Eng sara ijodiy ishlar @YI_NAMDU kanalida e'tiboringizga havola etib boriladi

Ijodiy ishlar 31-avgustga qadar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi

@NamDU_yoshlar_ittifoqi
___
Do'stlarga ulashing | @YI_NAMDU