Get Mystery Box with random crypto!

#foydali #stiker Qanday qilib o'z shaxsiy stikerlar to'pla | Ingliz Filologiyasi Yoshlar Ittifoqi

#foydali #stiker

Qanday qilib o'z shaxsiy stikerlar to'plamiga ega bo'lish mumkin?

Buning uchun @Stickers botga o’tib, “start”ni bosvorasiz.
Keyin, qarshingizda bir nechta stikerlar to’plami uchun variantlar chiqadi:
- Yangi to’plam; animatsion to’plam; video to’plam va hkz.

#newpack ni tanlaymiz

Keyingi qadamda, sizdan stiker to’plam uchun nom tanlash so’raladi, menda u Dilamour

Ana endi stickerlarni jo’nataverasiz.
Bunda e’tibor berishingiz lozim bo’lgan jihat rasmlar PNG va WEPB formatda 512x512 pikselda bo’lishi lozim.

Agar formatni moslavolishda qiynalayotgan bo’lsangiz, StickerExample.psd ustiga bosgan holda, misol to’plamni yuklab olishingiz mumkin.

Stikerlarni Photoshop yoki Canva dasturida tayyorlasangiz bo’ladi.

Endi to'plam uchun tayyorlagan fayllarni bitta-bitta jo'natish kerak.

Bitta png. fayl jo'natasiz, keyin shunga monand bitta sticker tanlaysiz, masalan, oyni rasmiga - , gul rasmiga - .

Barchasini yuborib bo'lib, oxirida /publish buyrug'ini berasiz.

Sizda to'plamni yakunlash uchun ikki variant chiqadi:

- to'plam uchun maxsus ikonka tanlash, yoki bu qadamni o'tkazib yuborish.

Ikonka yaratmoqchi bo'lsangiz, uni hajmi 100x100 piksel bo'lishi kerak.

Oxirgi qadam) Endi stikerlarni qisqa nomlasangiz bas, u stiker havolasida chiqadi. Men, DilamourStickers deb nomladim.

Tayyor! Va endi sizni o'z stiker to'plamingiz mavjud.

Mana misol uchun havola: https://t.me/addstickers/DilamourStickers

Sinab ko'ring va albatta izohlarda o'z to'plamlaringizni jo'nating.

@dilamour


Biz bilan birga bo'ling, zero biz SIZ uchun izlanmoqdamiz!
@YI_FILOLOGIYA