Get Mystery Box with random crypto!

Kecha(18-dekabr) 2-marta Book Arenaga bordim. Muhokamada 'Jorj | Yettinchi Osmon🕊

Kecha(18-dekabr) 2-marta Book Arenaga bordim. Muhokamada "Jorj Oruell"ning "1984" asari bo'ldi. Odam o'tgan safargidan ham ko'proq yig'ilibdi. Odaaaaam hamma yoq. Tgda kam sonli kanallarni o'qib, chiqib ketaverardim doim. Bugun shu narsa pand berdi. Kechagi son 13:00da, odatdagidan 1 soat vaqtli boshlanibdi. Men esa 14:30 da kirib keldim).
Mehmonlarni tanimadim, kitob muhokamasi ham sal mavzuga yopishmaganroqmiyey(o'zi kitob muhokamasi bo'ldimi?) Xullas suhbatda qissadan hissa umuman ololmadim.

Kecha o'sha yer Book.uz kitob do'konidagi teatr zalida "Alovuddin" nomli teatr qo'yilishidan xabardor edim. Ja bo'lmasa teatrdan biror xulosa olib ketarman deb kutdim boshlanishini. Zerikmaslikka do'konni bir aylanib chiqdim. Bir payt nomi adashmasam "Kitobxon Kundaligi"degan kundalik qo'lga tushib qoldi. Ichida YAAdan chiqqan kitoblar nomlari, yozuvchisi haqida ma'lumotlar, kitob haqida umumiy kichkinagina ma'lumot, muallifning boshqa asarlari va qaydlar uchun yer bor ekan. Foydali kundalik bo'libdi. Kim yozganini o'qish esimga kelmabdi afsuski. Xullas 15 daqiqada kerakli joylarini sekingina o'qib, rasmga olib, tugatib qo'yibman. Shundan 7ta kitobni rejaga olib qo'ydim.
Berilib ketib, teatrga chaqirishganini ham eshitmay qolibman.

Ko'rdim teatrni, aktyorlar yaxshi o'ynashdi. Kuzatib o'tirganimda, miyamda nega kichkinaligimda shunday teatrlarga tushmaganman degan hayol aylanaverdi. Teatrning o'rtalariga borib esa, "nega hamma ertaklarning mavzusi bir xil?" degan kulgili savol miyamni tinch qo'ymadi (umumiy siyqa syujet haqida nimadir deyishimga hojat ham yo'q aslida. TV ko'rib tursangiz kerak?)
Miya dam olmadi, ololmadi. Fikrlay oladigan hech bir miya syujet tufayli dam ololmasdi menimcha (syujet shunday bo'lsa, aktyorlarning aybi yo'q). Oxirgi marta ba'zi sabablarga ko'ra Hamid Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor" ertak dostonini qayta o'qishimga to'g'ri kelgandi. Ikki ertakning ham syujeti bir-biriga juda o'xshash. Avval nechta milliy ertaklarimizni o'qigan bo'lsam, tipa shunday hammasi. Ba'zi chet ertaklari ham. Yaqinda bitta aqli polovina bo'lgan, o'zini maktabda o'qituvchi ekanligini ma'lum qilgan shaxs, o'zbek ertaklarini sovsem ideallashtirib, zombidek boshiga ko'tarib, chetni ertaklarini  kino-seriallari-yu, kitoblari bilan qa belagandi rosa. Keyin chetni multiklari(kino/serial/kitob)da asl insoniylik borligini asosli da'vo qilgandim, tashlanib qolsa bo'ladimi hammani yonida. Bittasi men bilan hamfikr edi. Qarasak, gapirganimiz bilan baribir foydasi yo'q. U(hamfikr) ham shunday dedi. Anov odam bo'lmaydiganlardan ekan. Talashgandan foyda yo'q, atrofdagilar xato ma'lumotlarni yeb qo'ymasin deb harakat qilsak, baribir hamma podadagilar ustimizdan hihilab rosa kuldi. Keyin pofigistni yoqvoldik.
Kim(lar) uchundir harakat qilsang-u, ular seni jinni desa, harakat ham qilging kelmaydi umuman. Shu bilan birga kelajakda odamlarga foydam tegadigan kasbni egallayman deb yurganlarga - vaalaykum assalom.

Aslida inson o'zi uchun yashab, o'zi uchun o'lgani ham ma'qul bu hayotda.



Asl mavzu nima haqida edi-yu, men esa qayerga oborib tiqdim).
Meni jinni deyishadi.
Ha, jinniligim rost.....

https://t.me/yettinchi_osmon_kanali