Get Mystery Box with random crypto!

Unchalik mashhur bo'lmagan shoir edilar. O'zim ham yaqindagina | Yettinchi Osmon🕊

Unchalik mashhur bo'lmagan shoir edilar. O'zim ham yaqindagina  kitoblarini o'qib, endigina tanib borayotgan edim. Kitobning yangigina hidi hali ham ketmagan. She'rlari yoqqan edi odamga. Chiroyli she'rlaridan bu yerga ham joylagan edim: mana, mana. Kitobning bosilishi haqida: mana.

Tashxis: Ichak saratoni.
Shulardan ham ayrildik. Nega shou biznesdagi birorta lo'lining qo'li sinsa, hamma xabardor bo'lib, kommentni portlatib, minglab odam hol ahvol so'raydi-yu, lekin butun boshli millatparvar shoir og'ir kasal ekanligini eshitishmaydi. Shou biznesdagilar sen tugul, xalq haqida qayg'rumaydi, xalqni shilish bilan ovvora. Bular esa xalq, ya'ni sen haqingda qayg'uradi,  xalqqa go'zal she'rlar bilan birga, go'zal g'oyalar taqdim qilishadi.
Gap inson hayoti ustida ketayotganda, har kun tugul, har soat, har daqiqa, soniya g'animat. Nega biz ularga tirikligida yetarlicha e'tibor bermadik? Boshqalariga ham bermayapmiz bu e'tiborni. Shunchalik maydalashib ketganimizdan, katta va muhim narsalarni ko'rgimiz kelmayapti. Ko'zimiz ko'r, qulog'imiz kar.

Bu holatda bu xalq uzoqqa bormaydi. Bu xalq o'z-o'zini yeb tugatadi. Tugaymiz. Bunga uncha ko'p vaqt ham qolmadi. Mana shu avlod ko'radi buni. Buni o'z ko'zlaringiz bilan ko'rasiz hali.

@yettinchi_osmon_kanali