Get Mystery Box with random crypto!

Bugun boshim borib devorga urilganini angladim. Biryo'la tupik | Yettinchi Osmon🕊

Bugun boshim borib devorga urilganini angladim. Biryo'la tupikka kirib ketibman. Yana o'zim istagan ikki yo'l orasida qoldim. Faqatgina bittasini tanlash imkoni bor.
Nega aynan bugun sezdim? Shuncha paytdan beri aqlim qayerda edi? Bu yo'ldan yurganlar, o'z hayotlaridan yozganlarini tushunib, o'qirdim-ku? Nega birortasi hayotiy tajribasi orqali "hoy, yamaga qarab yuguryapsan, tushib ketasan" desa ham, eshitib turib baribir yamaga tushamiz?

Endi bundan buyog'iga sal boshqacharoq davom etmoqchiman. Ya'ni o'zimga tashqaridan turib, hissiyotlarga berilmay, boshqa odamga qaragandek qarashni o'rganmoqchiman. Shularni boshlash uchun hozirgina hayolimda bir reja tuzdim. Amalda bajarsam, bu haqda ham yozarman ozgina. Bu ishni kanal ochib, qisman amalga oshiribman ham. Yozganlarim, fikrlaganlarim sababdan o'zimni qisman kuzatish imkoniga ega boldim.

Xullas bugun hayolim juda tarqoq. Faqatgina bugun emas, yoshligimdan shunday ekan.

@yettinchi_osmon_kanali