2024-05-24 06:38:14
#obod_mahalla_tanlovi
“Mening mahallam - eng obod mahalla” shiori ostida tanlov eʼlon qilamiz. Unda eng toza va obod mahallalar aniqlanib, nominatsiyalar asosida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Yangiyoʻl tumanida 64 ta mahalla yettiligi tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ish jarayonlari, vazifalar ijrosini inobatga olib joylarda oʻrganishlar olib boriladi.
Tanlov talablari quyidagilardan iborat.- Eng obod va fayizli mahalla
- Oʻz kutubxonasiga ega, jixozlangan MFY binosi
- Jinoyatchilikdan xoli boʻlgan mahalla
- Bandligi taʼminlangan tashabbuskor mahalla
- Sogʻlom turmush tarziga ega ibratli oilalari koʻp boʻlgan mahalla
- Kommunal qarzdorligi boʻlmagan mahalla
- Tomorqasidan samarali foydalangan mahalla kabi yoʻnalishlarda oʻrganishlar olib boriladi.
1-oʻrin 50 mln.soʻm
2-oʻrin 25 mln. soʻm
3-oʻrin 10 mln. soʻm
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.@YANGIYOLLIKLARUZ
8.4K views03:38