Get Mystery Box with random crypto!

QIZILTEPALIK HAMSHIRA KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI Bugun | YANGI QIZILTEPA

QIZILTEPALIK HAMSHIRA KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

Bugun Toshkent shahrida 2023-yilgi "Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tanlovning "Yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi" nominatsiyasidagi g‘oliblik Qiziltepa TTBning shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi N. Gʻafforovaga nasib etdi.

N. Gʻafforovaga g‘oliblik munosabati bilan vazirlikning sovg‘alari va "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni topshirildi.
—————————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa