Get Mystery Box with random crypto!

QIZILTEPADA NAVBATDAGI YIRIK GALA KONSERT O‘TKAZILDI Qiziltep | YANGI QIZILTEPA

QIZILTEPADA NAVBATDAGI YIRIK GALA KONSERT O‘TKAZILDI

Qiziltepa tumanida "O‘zbekiston — yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar sayli va yirik gala konsert o‘tkazildi.

Sayl doirasida, insholar tanlovi, "Zakovat" va "Munozara" intellektual o‘yinlari, kibersport va shaxmat bo‘yicha musobaqalar, "Konstitusiya bilimdoni" viktorinasi, "Vaynerlar markazi", "Siz kutgan mehmon" va "Ibrat farzandlari" loyihalari, master klass uchrashuvlari, robototexnika ko‘rgazmalari kabilar o‘tkazildi.

Sayldan so‘ng yirik gala konsert boshlandi.

Konsert avvalida shaxmat musobaqasi, insholar tanlovi va "Zakovat" intellektual o‘yinlari g‘oliblariga vaucherlar va sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng badiiy maydonda tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari birma-bir chiqib, o‘zlarining ijod namunalarini tumandoshlarimizga havola qilishdi.

Gala konsertning ikkinchi qismida esa konsert mehmoni Jahongir Poziljonov o‘zining eng sara qo‘shiqlari bilan barchani kayfiyatini yanada ko‘tardi.
————————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa