Get Mystery Box with random crypto!

'SALOMATLIK SAYLI'GA MARHAMAT Bugun soat 10.00 da tuman tibbi | YANGI QIZILTEPA

"SALOMATLIK SAYLI"GA MARHAMAT

Bugun soat 10.00 da tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Somatik kasalliklar shifoxonasi hovlisida Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan salomatlik sayli boshlanadi.

Saylda  Respublikamizning ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlaridan tashrif buyurgan 20 dan ortiq oliy toifali mutaxassislar (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak kasalliklari, nevrologik, travmatologik, terapevtik, onkologik, ginekologik, xirurgik, pediatrik, gematologik, yuqumli kasalliklar va boshqalar) tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar, madaniy-ma’rifiy suhbatlar, treninglar va boshqalar tashkil etiladi.

Xullas, salomatligingiz buyicha  barcha tushunmovchiliklar, muammolar va savollarga ushbu saylda, albatta, yechim topasiz.
———————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa