Get Mystery Box with random crypto!

XOTIN-QIZLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI 'Istiqlol' majmuasida Xalq | YANGI QIZILTEPA

XOTIN-QIZLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

"Istiqlol" majmuasida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida tuman hokimi U. Fayziyev so‘zga chiqib, barchani bayram bilan muborakbod etdi. Hokim o‘z tabrigida xotin-qizlar jamiyatimizdagi o‘rni, buyuk kelajakni bunyod etishdagi muhim roli haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tabrikdan so‘ng tumanning ijtimoiy-siyosiy hayoti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarga hokimlikning faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, tadbirda qatnashgan barcha xotin-qizlarga bayram sovg‘alari va atirgullar sovg‘a qilindi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari va "The Cover up" loyihasining 3-mavsumi finalchisi E. Ziyoyevning musiqiy chiqishlari barchaga manzur keldi.
———————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa