Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasining | Yangiobod Yoshlar ishlari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bo‘lib turibdi.

Bugun tongda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, barcha tumanlar bilan muloqot qilindi. Tuman hokimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi. Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining kechagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgan, hayot o‘z maromiga qaytmoqda.

Maʼlumki, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etilgan edi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendanti ushbu holat bo‘yicha axborot berib, vaziyat to‘liq nazoratga olinganini taʼkidladi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi