Get Mystery Box with random crypto!

Talim yangiliklari 🎓☑️

Telegram kanalining logotibi yangiliklari_talim — Talim yangiliklari 🎓☑️ T
Telegram kanalining logotibi yangiliklari_talim — Talim yangiliklari 🎓☑️
Kanal manzili: @yangiliklari_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54.06K
Kanalning ta’rifi

Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!
“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”
Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2021-08-04 17:15:14
Bunaqasi hali bo'lmagan

@button_women do'konida, barcha tovarlarga 30%-50% gacha chegirmalar e'lon qildi
Eng asosiysi, sifatli kiyimlarni arzon narxlarda xarid qila olasiz
Shoshiling aksiya 5 -15 avgustga qadar davom etadi

Manzil:
Mirobod, Magnit savdo markazining 3-qavati. Mo'ljal: "Рисовый" bozori
99 6135555 (@buttonwomen)
Yetkazib berish xizmati ham mavjud
9.6K views14:15
Ochish/sharhlash
2021-07-29 15:22:53
Коронавирусга чалинган абитуриентлар имтиҳонсиз қолиб кетмайди” — ДТМ вакили

Коронавирусга чалингани сабаб имтиҳонда қатнаша олмаган абитуриентлар учун қўшимча имтиҳон ташкил этилади, деб маълум қилди Давлат тест маркази бош мутахассиси Жамшидбек Одилов Xpress.uz га берган интервюсида.



Энг зўр абитуриентлар гуруҳи: @Talaba
14.8K views12:22
Ochish/sharhlash
2021-07-29 15:20:53
JDU va Jahon tillari universitetlarining 2 ta diplomi sohibi bo'lishni xohlaysizmi?

Unda sizni xursand qilishga shoshilamiz, 2-avgustga qadar siz hali ham Japan Digital Universitiga - O'zbekistondagi birinchi IT-universitetiga hujjatlarni topshirishga ulgurishingiz mumkin.

Ushbu universitetini tamomlagach siz dasturchi, QA-sinovchisi, PHP-dasturchi kabi kasblar bo'yicha mutaxassis bo'lasiz. Shuningdek, universitetning afzalliklari - Yaponiyaning nufuzli IT-kompaniyalaridan birida ish bilan ta'minlanish va pullik onlayn amaliyotdan iborat.

Kirish imtihonlari "imtihon platformasida" bo'lib o'tadi va quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Motivatsiya xatini yozish
2. "Elementary Japanese" o'quv videosi asosida yapon tili testi
3. Matematikadan test

Universitet talabalar uchun 3 xil kvota ajratadi:
• 10 talaba uchun grant
• 40 talabaga mo'ljallangan "A" kvotasi
• 100 talabaga mo'ljallangan "B" kvotasi

Havola yordamida ro'yxatdan o'ting
https://bit.ly/jdu_uz2

Ma'lumot uchun murojaat qiling:
+ 998 71 200 05 95
14.7K views12:20
Ochish/sharhlash
2021-07-26 08:40:09
OTMlar tomonidan Magistraturaga kirish uchun yuborilgan arizalar tasdiqlanishni boshladi !

Arizalar qabul qilish magistr.edu.uz orqali amalga oshirilmoqda.

Arizalarni qabul qilish oxirgi muddati 30-iyul kuni etib belgilangan.


Oxirgi kunga qoldirmang, sababi oxirgi kuni bu platforma ham ishlamay qolishi mumkin.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
20.2K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-07-17 05:38:31
Расман! Кириш имтиҳонлари карантин сабаб сентябр ойига қолдириладиган бўлди!

Республика махсус комиссияси қарорига кўра, очиқ ва ёпиқ ҳудудларда оммавий тадбирлар ўтказилишининг тўхтатилиши муносабати билан академик лицейларга дастлабки саралаш ҳамда асосий имтиҳонларни ўтказиш вақти маълум бир муддатга сурилди. Бу ҳақда олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хабар бермоқда.

Эпидемиологик вазиятдан келиб чиққан ҳолда академик лицейларга саралаш имтиҳонларининг ўтказилиши жорий йил сентябрь ойининг биринчи яримида режалаштирилмоқда.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
14.4K views02:38
Ochish/sharhlash
2021-07-10 08:40:05
2021/2022 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari qabul jarayonlariga abituriyentlarni kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida qabul qilish jarayoni uchun video yoʻriqnoma !

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/R-Obj3wGhHpzacJv
12.8K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-07-04 19:13:31
#Qabul2021
Tanlov ustuvorligini belgilash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma:



Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
14.8K views16:13
Ochish/sharhlash
2021-07-04 19:13:31 #Qabul2021 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
11.6K views16:13
Ochish/sharhlash
2021-07-04 19:13:31 #Qabul2021 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
11.2K views16:13
Ochish/sharhlash
2021-07-04 19:13:31 #Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Ijtimoiy-ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
10.2K views16:13
Ochish/sharhlash