Get Mystery Box with random crypto!

#Mening Prezidentim Bugun Yangibozor tumani xalq taʼlimi boʻl | Yangibozor tuman XTB || Rasmiy kanal

#Mening Prezidentim

Bugun Yangibozor tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli BABMda "Mening Prezidentim" mavzusida tadbir va o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi boʻlib oʻtdi. Tadbirning ochilishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bagʻishlandi. Tadbirda iqtidorli oʻquvchilarning sahna koʻrinishlari, jilokor raqslari, vatanni tarannum etuvchi sher-u, kuy qoʻshiqlari barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Tadbirdan soʻng "Mening Prezidentim" mavzusidagi ijodiy ishlar tanloviga start berildi. Tanlov natijasiga koʻra 14-maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mamatsoliyeva Sevinchoy 1-o‘ringa, 4-maktabining 10-sinf o‘quvchisi Karimova Bonu 2-o‘ringa, 10-maktabining 10-sinf o‘quvchisi Saporboyeva Nazokat 3-o‘ringa loyiq deb topildi. Ushbu ijodkor yoshlarimizga viloyat bosqichida ham omad yor boʻlishini tilaymiz.

Kanalga ulaning @YangibozorXTB