Get Mystery Box with random crypto!

#Motivatsiya Biz oʻz hayotimiz davomida nimaga ishonsak va n | YANGI TESTLAR BAZASI

#Motivatsiya

Biz oʻz hayotimiz davomida nimaga ishonsak va nimani kutsak oʻshanga erishamiz: Hayot goʻzal ekaniga ishonsangiz - hayotingiz goʻzallashadi.

Agar, “Hayotda yashashni maʼnosi qolmadi”, - desangiz, hayotingiz oʻz mazmunini yoʻqotadi.

Agar siz, “tushkunlik va hayot sinovlaridan chiqish yoʻli yoʻq”, - desangiz, u yoʻlni topolmaysiz.

Siz oʻzingizga ishonsangiz, har qanday qiyinchiliklardan chiqish yoʻlini topasiz va u yoʻlni albatta koʻra olasiz.

Siz yomonlikni kutsangiz u kelmay qolmaydi.

Kasallikdan qoʻrqsangiz - bemor boʻlasiz.

Omadga ishonsangiz - uni yaratasiz.

Baxtni kutsangiz - u siz tomon yoʻlga chiqadi.

Shunday ekan hamisha yaxshi narsalar haqida oʻylang va yaxshi narsalarni kutib yashang!