Get Mystery Box with random crypto!

Anchadan buyon ta’lim muassasalariga kitob sovg‘a qilish aksiy | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Anchadan buyon ta’lim muassasalariga kitob sovg‘a qilish aksiyasini o‘tkazsak, odamlarga buni targ‘ib qilsak, deb o‘ylardim. Lekin buni qanday qilib tizimli tashkil qilish mumkinligini o‘ylab, bir qarorga kelolmay turgandim.

Allohning marhamatini qarangki, shunday kunlarning birida Twitterda bir inson zaruriyat tufayli shaxsiy kutubxonasini sotmoqchi ekanligini aytib qoldi. Yanada qiziq tomoni 170 ga yaqin kitoblarning deyarli barchasi xorijiy — ingliz, nemis, ispan, fransuz va portugal tillarida.

Bunaqa imkoniyatni qo‘ldan bermaslik uchun darrov barcha kitoblarni sotib oldim. Va ularni 2 qismga bo‘ldim.

Birinchi qismi — nemis, ispan, fransuz, portugal va qisman ingliz tilidagi 115 ta kitobni bugun Samarqandda Ipak yo‘li Xalqaro turizm universitetiga sovg‘a qildim.

Ikkinchi qismi — ingliz tilidagi 50 ta kitobni tez kunlarda o‘zim tahsil olgan Toshkent davlat yuridik universitetiga sovg‘a qilishni niyat qilganman, Xudo xohlasa.

Umid qilamanki, ushbu kitoblar talabalar uchun manfaatli bo‘ladi.


@xushnudbekuz