Get Mystery Box with random crypto!

#Tuyum SOG'INCH... Muqarrar sog'inchga o'xshaydi dunyo, Hali | Xushnudbek's blog)

#Tuyum

SOG'INCH...

Muqarrar sog'inchga o'xshaydi dunyo,
Hali yozilmagan she'rlarim - sog'inch.
Yashab ulgurmagan kunlarimdan to,
Qadamim yetmagan yerlarim - sog'inch.

Sog'inchning qo'lida o'tmoqda umrim,
Uning ko'zlariga berkingan dunyo.
Hammani tuproqdan yaratgan tangrim,
Meni sog'inchlardan yaratganmi yo?!

Xushnudbek Hodiyev

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi