Get Mystery Box with random crypto!

KETAYOTGAN ODAMGA Ketayotgan odam jim ketadi... Jar sololmaga | Xushnudbek's blog)

KETAYOTGAN ODAMGA

Ketayotgan odam jim ketadi...
Jar sololmagani kabi bir kundan so‘ng o‘lishini.

Orqasiga qayta-qayta boqmay
unutib qoldirgan hech nega achinmay
yo‘llarning chigilini yozib
kutmay kimdir yo‘ldan qaytarishini
olamga o‘t qo‘ymay
o‘ziga va o‘z yo‘liga sig‘inib
tushlariga ta’bir izlamay
isbotlashga urinmay haq ekanini
tishlarini chaynab, tilini yutib
Ilonday silliq chiqib ketar.

Poylamay quyosh botishini
otishini
yomg‘ir yog‘ishi-yu tinishini...

daryoday pishqirmay
dengizday toshmay
Xudodan qaytgan Xudoga qaytayotgani kabi
shivirsiz
ishoralarsiz...

duoyi salomlar
zaharli-zaharsiz xandalar
esdaliklar
eslatmalarsiz
ezilmay
ezmalanmay
ezmay
xat-xabar qoldirmay
muhimi, sezdirmay afsusdaligin.

Ey menga qarorini hijjalab tushuntirayotgan odam,
ketayotgan odam jim ketadi!

Rashid Xo‘jamov

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi