Get Mystery Box with random crypto!

| Er-xotin qoʻsh hoʻkiz EMAS ! Oilada roʻzgʻorga bir kishi — | Xushnud : )

| Er-xotin qoʻsh hoʻkiz EMAS !

Oilada roʻzgʻorga bir kishi — erkak kishi masʼul boʻlishi kerak. Rizq Allohdan ekanligiga iymon keltirganlar buni yaxshi bilishadi.

Roʻzgʻor tortadigan hoʻkiz bitta boʻladi, unga keladigan rizq roʻzgʻorni bitta hoʻkiz tortsa ham, ikkita hoʻkiz tortsa ham bir xil boʻladi.

Oilada ayolning oʻz vazifalari bor. Yaxshilab eslab haqiqatni anglashga harakat qiling.. Biror millatni boʻysundirish uchun avvalo ularni dinidan ayirish kerakligini yaxshi bilgan Sovet ittifoqi bizni mustamlaka qilganlarida yuzlab tomondan dinimizni unutishimiz uchun maxsus strategiyalarni qoʻllashdi. Shulardan biri “er-xotin qoʻsh hoʻkiz” tushunchasining xalqimizga singdirilishi bilan kechdi. Teng huquqlilik degan daʼvat bilan boshlangan harakatlar ayollarning erkaklar qatori ishga chiqib pul topishi bilan oʻz natijasini topdi.

Hoʻp muammo nimada? Ayollar ham pul topib oʻz ehtiyojlarini oʻzi qoplasa, oila byudjetiga hissa qoʻshsa nimasi yomon? Biz eʼtibor bermagan bir tomon bor. Ayollar ishga chiqishdi farzandlar-chi..? Onasi pul topish bilan band bo'lganligi uchun maktabdagi hech narsaga arzimaydigan bilim va tarbiya bilan kifoyalangan avlodga aylandik..

Gʻaraz niyatdagilar maqsadiga erishishdi. Dinimizni unutdik, bizning millatdan yana Buxoriylar, Termiziylar, Navoiylar, Ibn Sinolar chiqmasligiga zamin yaratishdi va buning sababi uyda oʻtirib farzandlar tarbiyasiga alohida vaqt ajratmagan ularga kerakli bilimlarni berishga va oʻzi ham bilim olishga yetarlicha harakat qilmagan ayol-qizlarga borib taqaladi.

@xushnudbek_s