Get Mystery Box with random crypto!

Hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashamiz Bugun Paxtachi t | Tuxtayev Husan Mirzayevich

Hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashamiz

Bugun Paxtachi tumanida 30-iyul – Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda ichki ishlar xodimlari, bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari, ma’naviyat va ma’rifat markazi, tibbiyot birlashmasi, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va tibbiy ijtimoiy xizmatlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Unda viloyat IIB odam savdosi va migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimi T.Eliboyev, "Istiqbolli avlod" NNT viloyat boʻlimi rahbari Madina Najmiddinova va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi xodimi Gʻ.Bobobekov maʼruza qildi.

Shuningdek, Paxtachi tumani Ichki ishlar boʻlimining Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi A.Baxriddinov ham kun tartibidagi mavzu boʻyicha nutq soʻzladi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosini oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.