Get Mystery Box with random crypto!

𝕏𝕆ℝ𝕀𝕁𝕀𝕐 𝕋𝕀𝕃𝕃𝔸ℝ 𝔽𝔸𝕂𝕌𝕃𝕋𝔼𝕋𝕀 (BuxDU) rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi xtf2023 — 𝕏𝕆ℝ𝕀𝕁𝕀𝕐 𝕋𝕀𝕃𝕃𝔸ℝ 𝔽𝔸𝕂𝕌𝕃𝕋𝔼𝕋𝕀 (BuxDU) rasmiy kanali 𝕏
Telegram kanalining logotibi xtf2023 — 𝕏𝕆ℝ𝕀𝕁𝕀𝕐 𝕋𝕀𝕃𝕃𝔸ℝ 𝔽𝔸𝕂𝕌𝕃𝕋𝔼𝕋𝕀 (BuxDU) rasmiy kanali
Kanal manzili: @xtf2023
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 587
Kanalning ta’rifi

𝗕𝗨𝗫𝗢𝗥𝗢 𝗗𝗔𝗩𝗟𝗔𝗧 𝗨𝗡𝗜𝗩𝗘𝗥𝗦𝗜𝗧𝗘𝗧𝗜
𝗫𝗢𝗥𝗜𝗝𝗜𝗬 𝗧𝗜𝗟𝗟𝗔𝗥 𝗙𝗔𝗞𝗨𝗟𝗧𝗘𝗧𝗜
𝗢𝗠𝗠𝗔𝗕𝗢𝗣 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟𝗜𝗚𝗔
𝗫𝗨𝗦𝗛 𝗞𝗘𝗟𝗜𝗕𝗦𝗜𝗭!

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-01-06 19:46:33
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan bakalavrlar uchun AQSHda 21 kunlik yozgi almashinuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda Oʻzbekiston OTMlarida tahsil olayotgan 18-24 yoshli bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin. Jami 15 nafar talaba qabul qilinadi.

Mashgʻulotlar 2023-yil 14-iyundan 6-iyulgacha Ball State University (AQSH) oliygohida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Imtiyozlari:
– Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) qoplanadi
– Dastur oxirida maxsus sertifikat beriladi

Arizalar 2023-yil 31-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/united-states-uzbekistan-network-and-international-exchange-for-development/

@XTF2023
293 viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2023-01-06 16:55:29
#BuxDU_yangiliklari

Magistratura mutaxassisliklariga o'qishga hujjatlarni qabuli tugashiga 4 kun qoldi!

2023-yil
10-yanvar (shu kuni ham) kuni hujjat topshirsa bo'ladi.

Buxoro davlat universiteti 35 ta mutaxassisliklar bo'yicha magistarturaga o'qish istagi bo'lgan talabgorlar hujjatlarini magistr.edu.uz sayti orqali qabul qilishda davom etmoqda.

Sizdan hujjat topshirishning oxirgi kunini kutmasdan, hujjatingizni tezroq topshirishga chaqirib qolamiz!

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
235 views13:55
Ochish/sharhlash
2023-01-06 16:43:56 Хорижда ўқиш учун қулай мамлакатлар.

Греция

Юнон тилида ўқиш €0

Турар жой €500 дан

Топ йўналишлар: архитектура, тарих, тиббиёт, стоматология, туризм, менежмент.


Германия

Давлат университетларида немис ва инглиз тилларида таълим (дастурларни танлаш камроқ) €300 дан

Турар жой €700 дан

Топ йўналишлар: физика, астрономия, тарих, материалшунослик, архитектура ва қурилиш муҳандислиги, стоматология, ижтимоий ривожланиш фанлари, кимё муҳандислиги, иқтисодий фанлар, дизайн, архитектура.


Испания

Ўқиш €800 дан

Турар жой €600 дан

Топ йўналишлар: ИТ, муҳандислик, халқаро муносабатлар, ҳуқуқ, санъат ва гуманитар фанлар, тиббиёт, археология, дизайн, тарих ва фалсафа, тилшунослик, ижтимоий фанлар.


Чехия

Чех тилида бепул таълим, инглиз тилида €1000 дан

Турар жой €500 дан

Топ йўналишлар: анатомия ва физиология, муҳандислик, тилшунослик, ИТ, атроф-муҳит фанлари, иқтисодиёт ва менежмент.


Италия

Ўқиш €300 дан

Турар жой €700 дан

Чет эллик талабалар йилига 106 600 киши.

Топ йўналишлар: мода ва дизайн, тиббиёт, классик ва қадимий тарих.


Венгрия

Йилига 1200 евродан ўқиш.

Турар жой ойига € 550 дан

Топ йўналишлар: Компьютер фанлари ва ахборот технология, иқтисодиёт, муҳандислик фанлари, тиббиёт ва соғлиқни сақлаш, табиий фанлар.


Словакия

Словак тилида бепул таълим, инглиз тилида йилига 2000 евродан

Турар жой ойига 400 € дан

Топ йўналишлар: тиббиёт, ИТ ва нефть ва газ мутахассисликлари.


Туркия

Бакалавриат ва магистратура курслари учун турк тилида ўқиш йилига 300 доллардан бошланади. Инглиз тилида - бакалавриат учун йилига 450 доллардан ва магистратура учун 600 доллардан.

Турар жой ойига 700 евродан

Топ йўналишлар: техника, иқтисодиёт ва тиббиёт.

@XTF2023
269 viewsedited  13:43
Ochish/sharhlash
2023-01-05 18:43:26
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
460 views15:43
Ochish/sharhlash
2023-01-04 10:58:52 #Magistratura
#Sayt

Magistraturaga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga

Ayni paytda magistr.edu.uz saytida texnik ishlar olib borilmoqda. Barchasi joy joyiga kelganidan keyin hujjat topshirishingiz mumkin, ayni paytda sayt ishlamoqda. Ma'sullar tomonidan to'g'ri munosabat bildirildi. Kvotalar ham o'zgargani uchun bugun kvotalar o'chirib qo'yildi. Kvota yangilanishi bilan saytga qo'yiladi

@XTF2023
1.2K viewsedited  07:58
Ochish/sharhlash
2023-01-04 10:41:06 Магистратурага қабул диплом балига қараб бўладими ёки сертификат даражасига?

Хабарингиз бўлса керак, 20 декабрдан 10 январга қадар магистратурага қишки қабул бўлиб ўтади. Бунда истисно тарзда тил билиш сертификати даражаси сўралмайдиган бўлди. Яъни қандай даражадаги сертификат бўлишидан қатъи назар, магистратурага қабул қилиниши мумкин, аммо келгусида токи битиргунгача талаб этилган даражани олиши керак, йўқса магистрлик дипломи берилмайди.

Аслида қонунчиликда талаб этиладиган даража:
филологик йўналишларга - С1;
бошқа барча йўналишга - B2.

Шу ўринда айрим абитуриентлар “Магистратурага қабул диплом балига қараб бўладими ёки сертификат даражасига?” деган саволни беришди. Бунга ойдинлик киритиш мақсадида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъуллари билан боғландим.

Демак, вазирлик изоҳи қуйидагича бўлди:

энг аввало қонунчиликда белгиланган тил сертификати даражаси асосида дипломдаги ўзлаштириш балига қараб саралаш бўлади;

ундан сўнг, квотада бўш жойлар мавжуд бўлса, ана ундан кейин белгиланган даражадан паст бўлган сертификатга эга абитуриентлар ўртасида яна диплом балига қараб сараланади ва қабул қилинади.

Мисол тариқасида қуйидаги 4 нафар абитуриент нофилологик йўналишга топширган дейлик:

Али — диплом бали 82, сертификат С1;
Нигора — 87, B2;
Вали — 80, B1;
Сабоҳат — 88, А2.

Бунда якуний натижа қуйидагича бўлади:

1. Нигора — 87, B2;
2. Али — 82, С1.

Агар квотада қўшимча ўрин бўлса, ана ундан кейин талаб этилган B2 даражадан паст бўлган сертификат эгалари сараланади:

3. Сабоҳат — 88, А2;
4. Вали — 80, B1.

Кўриб турганингиздек, саралашда диплом балига қаралмоқда, сертификат даражасига эмас. Аммо қонунчиликда талаб этилган сертификат даражасига эга бўлганлар биринчи навбатда тавсия этилади. Квотада бўш жой ортиб қолса, шундан кейин истисно тарзида талабдан пастроқ бўлган даражадаги сертификат эгаларига имкон берилади.

Вазирлик масъулларининг таъкидлашича, ушбу тартиб қонунчиликда белгиланган даражадаги юқори кўрсаткичли тил сертификатига эга абитуриентларга нисбатан адолатли бўлади.


@XTF2023
1.2K viewsedited  07:41
Ochish/sharhlash
2023-01-04 09:08:38
#Motivatsiya

"Har kuni mehnat qilishi kerak odam"- Shavkat Mirziyoyevdan motivatsiya

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
342 views06:08
Ochish/sharhlash
2023-01-03 22:46:05
#Talabaga_yordam

Bo'sh ish o'rinlarini o'zida jamlagan platforma yaratildi!

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ochiq ma'lumotlari asosida Respublika miqyosida mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot beruvchi telegram boti ishga tushirildi.

Ushbu bot orqali Respublika miqyosida turli sohalar bo'yicha real vaqt rejimida yangilanib turuvchi bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar olishingiz mumkin.

Bundan tashqari ushbu platforma (@edu_vakant_bot) orqali talabalar ham o'zlari uchun bo'sh ish o'rinlari topishlari mumkin.

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
354 views19:46
Ochish/sharhlash
2023-01-03 13:43:45
Yilning ilk olimpiadalar marafoni: 8 ta fandan 5 kunlik olimpiadalar marafoni!

Marafon 4-8 yanvar kunlari soat 11:00 dan 21:00 gacha o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: BATAFSIL

G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" kitobi hamda vaucherlar bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish:
@khiso_uz_bot

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: @XTF2023
450 viewsedited  10:43
Ochish/sharhlash
2023-01-03 13:38:03
Butun dunyodagi eng yaxshi 100 ta manzilni taklif qiladigan Euromonitor International tomonidan tuzilgan reytingda Parij qatorasiga ikkinchi yil dunyodagi eng ko‘p sayyoh tashrif buyurgan manzil bo‘ldi.

Второй год подряд Париж занимает первое место в мире по количеству туристов в рейтинге 100 лучших городских направлений мира, составленном Euromonitor International.

Pour la 2ème année consécutive, Paris s’affiche comme la première destination mondiale touristique dans le classement réalisé par Euromonitor International, qui propose les 100 meilleures destinations urbaines au monde.

@XTF2023
329 viewsedited  10:38
Ochish/sharhlash