Get Mystery Box with random crypto!

- Sog'indingmi? - Yo'q! Sog'inmadim. - Aldayapsan. - Mayli, is | Xotiralarim... (shaxsiy blog)

- Sog'indingmi?
- Yo'q! Sog'inmadim.
- Aldayapsan.
- Mayli, ishonmang.
- Sevmaysan-a?
- Balkim, ne edi?
- Yo'q! Shunchaki. Mensiz osonmi?
- Oson! Ayting sevgi ne edi?
- Men va Sendan iborat juftlik.
- Bo'ldimi?
- Ikkimizsiz yo'q hayot... Sho'rlik.
- Nega unda mendan ketdingiz?
- Aniqrog'i ketding, sen o'zing.
- Qiz bolaman, oilamning sha'ni.
- Sha'nim eding, shu sabab ya'ni:
Ketdim, dog'lar tushirmayman deb,
Ketdim, qaytish shartlari bilan.
Ketdim, yomon ko'rinmayman deb,
Qaytam, ishqning shahdlari bilan.
- Sevasizmi?
- Huddi sen kabi.
- Demak, sira sevmas ekansiz.
- Hop, maylida, o'zinga qara.
- Yaramas... Qalbim, bilmas ekansiz
- Bilaman. Hamon turibman ko'rib.
- Qani ayting, nelar bor ekan.
- Ismim, ismim va ya'na ismim.
- Hmm.. Aldoqchi.
 Ismiz faqat mening bir qismim.
Ya'na cheksiz muhabbatim bor.
Oshkor etmoq o'lim bilan teng.
Men sizni hech sevmagayman "rost".
Siz ham "seni sevmaganman" deng.
- Majburmasman, seni sevaman!!!
- Jim. Sekinroq eshitmasinlar.
- Nega endi, muhabbatim chin.
- Yo'q, iltimos, yo'q, bilmasinlar.
Faqat ko'nglim bilsa bo'ldida.
Dunyolardan qo'rqaman begim.
Sizni sevib, sizga suyanib,
Kelayapdi "sevaman" degim.
- Tan olding-a, sog'inibsanda.
- Sog'inmadim, chiqarmam esdan.
- Mazmunimsan, "men"imsan mening.
- Kecholmayman yuragim sizdan.
- Sevasan a?
- Huddi siz kabi!