Get Mystery Box with random crypto!

Hayotning har dami omonat derlar, Vaqtning yo'lagidan tutib | Xotiralarim... (shaxsiy blog)

Hayotning har dami omonat
derlar,
Vaqtning yo'lagidan tutib ol meni.
Ertaga ko'zimni ochmasman balki,
Bugun imkoning bor - sevib qol meni.

Hozir keraksan de, unut ertani,
Hatto nafasingda kuyga sol meni.
Kerakmas ertaga ash'or bitmog'ing,
Bugun imkoning bor - sevib qol meni.

Seni ko'rgim bor de, men yo'lga chiqay,
Sog'inchning yo'lida kutib tol meni.
Ertaga ko'changdan o'tmasman balki,
Bugun imkoning bor - sevib qol meni.

Berkinmachoq o'ynar taqdir biz bilan,
Bugun xushyorroq bo'l, sezib qol meni,
Yo'qsa, butun umr berkinib o'tgum,
Bugun imkoning bor - sevib qol meni.

Ertaga ko'changdan o'tmasman balki,
Bugun imkoning bor - sevib qol meni...