Get Mystery Box with random crypto!

|Besh tashabbus yangi iqtidor egalarini kashf etmoqda Shundan | Xonqa tuman Kutubxona Markazi|Rasmiy| 📚

|Besh tashabbus yangi iqtidor egalarini kashf etmoqda

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismidagi 5 tashabbus bellashuvlari boshlandi.  

Xususan, "Xalq va zamonaviy cholg‘u asboblari", "Yoshlar raqs" tanlovlari, shuningdek, sport musobaqalari va mushoira kechasi tashkil etildi.

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xonqa tuman bo'linmasi va Xonqa tuman Axborot Kutubxona Markazi xodimlari tamonidan "Mushoira" tanlovi o'tkazildi.

"Mushoira" bahslari qizg‘in, qaynoq va jo‘shqin, sokin va samimiy tuyg'ular ifoda etilgan she'rlar ijrosiga boy bo'ldi.

"Mushoira" tanlovida yosh kitobxonlar o'z bilimlarini, ijodkorligini namoyon etgan holda ishtirok etishdi.

Tanlov g'oliblariga Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xonqa tuman bo'linmasi va Xonqa tuman Axborot Kutubxona Markazi tamonidan esdalik sovg'alar topshirildi.

https://t.me/xonqaAKM