Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli harbiy q | Xonobod Bugun | Rasmiy kanal

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli harbiy qismlarda, payshanba "Huquq buzarlik profilaktikasi kuni" munosabati bilan Andijon viloyati Xonobod shaxrida joylashgan harbiy qismda Andijon harbiy prokurorning yordamchisi, qo‘shilma komandirining o‘rinbosarlari hamda Xonobod shahar yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi hodimlari bilan hamkorlikda "Jinoyatchilikni oldini olish, yo‘l transport hodisalarining og‘ir oqibatlari hamda harbiy xizmatchilarning huquqiy bilmlarini oshirish" bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda harbiy prokurorning yordamchisi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqida qisqacha ma'lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek YHXB xodimlari haydovchilar tomonidan sodir etilgan YTX lar haqida gapirib ayanchli oqibatlarga olib kelayotganligini aytib harbiy xizmatchilarni hushyorlikga chaqirdi. Tadbir so‘ngida bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

@XonobodBugun