Get Mystery Box with random crypto!

- Oddiylik! Naqadar ajoyib narsa bu oddiylik) Bilasiza?) Oddiy | Xondamir | Bloger

- Oddiylik!
Naqadar ajoyib narsa bu oddiylik)
Bilasiza?)
Oddiylikda qiyinchilik yo'q!
Oddiylik-yengillik!
Hamma narsani oddiyi go'zal..)
Oddiy uy, ammo shinam)
Oddiy kiyimlar, ammo siz ularda o'zingizni qulay his qilasiz..)
Oddiy telefon, oddiy bo'lsada u sizniki, qadrdon, kuningizga yarab turgan. Ora - orada qotib asabingizni qitiqlab turadi, ammo shunda ham siz unga o'rgangansiz..)
Oddiy insonlar, dunyodagi eng go'zal maxluqotlar bular!
Samimiy, qalbi osmon qadar keng, oddiygina hayotda yashovchi oddiy insonlar!
Ularga biror vaziyatni tushuntirishda qanday tushunar ekan, nima deydi ekan deb boshingizni qotirmaysiz, qiynalmaysiz ular bilan)
Boricha bod-bod to'kasiz ichingizni..)
Eng asosiysi, ular ham boricha qabul qila oladilar!
Ularning oldida siz kiyimingizdan, holatingizdan aslo xijolat bo'lmaysiz!
Ularning tuyg'ulari ham oddiy, o'zlari kabi samimiy, iliq..)
Bunday insonlarning tuyg'ulari ortida hasad, nafrat, gina, adovat bo'lmaydi.
Chunki aytganimdek oddiylikda qiyinchilik yo'q!
Sevsalar, oddiygina ammo butun vujudi bilan sevadilar.
Oddiylik, senga rasman oshiqman..)

farohun