Get Mystery Box with random crypto!

#kutayotganimga #yaxshi_niyyat Sen uxlamasdan, yangi yil ki | Xondamir | Bloger

#kutayotganimga
#yaxshi_niyyat

Sen uxlamasdan, yangi yil kirishini bayram qilib, isrofgarchilik qiladiganlardan bo'lma....
Har xil ne'matlar bilan to'ldirilgan stolda farzandlarimizni qorbobo bor, sizlarga sovg'a olib keladi degan yolg'onlarga ishontirib ulg'aytiradigan inson bo'lma....
Har kungidan ortiq dasturxon bazatishni xohlasang, jannat uchun dasturxon bezat - muhtoj insonlarga ehson uchun dasturxoningni yoz..Aynan o'sha kuni qancha Qur'on xatm qilganimizni, kelgusi yili qancha yod olishimizni rejasini tuzib sarhisob qilib, Qur'on nuri bilan honadonimizni yoritadigan bir oila bo'lsak..

..bu gaplarim bilan yangi yilni nishonlama demayman, boshqacharoq nishonlashimiz mumkinligini eslatyapman xolos.... Men bir o'zim yetisholmayotgan kunlarni birga qarshilashni, birgalikda o'tkazishni kutayapman.. Hozir atrofimdagi insonlarni ham, tashqi muhitni ham qanday ekanligini bilaman, lekin aynan takidlaganimdek oilalarni kordim, havas qildim..

Allohdan faqat xayrlisini so'rab duoda bo'lamiz, zero boshqasi bizni qo'limizda emas..