Get Mystery Box with random crypto!

#Al_Jome_As_Sahih Kun hadisi Vasiyatlar kitobi, 9-bob. Alloh | 🕋💫🅧🅞🅛🅘🅢🅛🅘🅚 🅢🅐🅡🅘💫🕋

#Al_Jome_As_Sahih

Kun hadisi
Vasiyatlar kitobi, 9-bob. Alloh taoloning “Sizlar qiladigan vasiyat yoki qarzlar (ado etilgan)dan so‘ng … ” degan qavlining sharhi


Zikr qilinurki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qarzni vasiyatdan ilgari (ya’ni, jon chiqar mahalda qilinadigan vasiyatga qadar paysalga solmay, hali tan sog‘ vaqtda) uzishni amr qilganlar. Chunki, Alloh taolo: “Alloh sizlarga omonatlarni o‘z egalariga topshirishlaringizni amr qiladi”, - deydi. Demak, omonatni (sog‘ vaqtda o‘z egalaryga) topshirishlik uni (vorislarga) vasiyat qilib qoldirishni ixtiyor etishdan (bisyor) to‘g‘riroqdir. Janob Rasululloh: “Boylik orqasidan qilingan sadaqagina sadaqadir!” (ya’ni, kishining o‘zi va oilasi muhtoj bo‘lmagan hamda qarzu omonatlari uzilgan holda qilgan sadaqasi haqiqiy sadaqadir!”) - deb marhamat qilganlar. Ibn Abbos: “Qul o‘z egalari iznisiz vasiyat qilmaydi”, - deydilar. Janob Rasululloh: “Qul o‘z egasining mol-mulkini qo‘riqlovchi va o‘z vazifasi doirasidagi ishlarni bajaruvchidir”, - deydilar.
Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan (Baytulmoldagi, ya’ni davlat xazinasidagi narsalardan) berishlarini so‘radim, u zot berdilar. Keyin, yana so‘radim, yana berdilar. So‘ng, yana so‘radim, u zot menga: “Ey Hakim, bu mol-dunyo degan narsa (shu qadar fusunkorki), totli mevalar (kabi baloi nafsni qo‘zg‘aydi). Kimki undan (ya’ni, mol-dunyodan baloi) nafsining so‘ziga kirmay, (o‘ziga yetarlicha) olsa, (Alloh taolo tomonidan) unga barakot ato etiladi va kimki undan (ya’ni, mol-dunyodan baloi) nafsining so‘ziga kirib, (ortiqcha) olsa, (Alloh taolo tomonidan) unga barakot ato etilmaydi. (Ochko‘zlik bilan ortiqcha mol-dunyo oluvchi) shaxs yeb to‘ymas mechkay kabi bo‘lib, yuksak (ya’ni, ehson qiluvchi) qul, tuban (ya’ni, tilamchi) qo‘ldan afzaldir!” - dedilar. Shunda men: “Yo Rasululloh, sizni haq (din) bilan yuborgan zot haqi, endi dunyodan ko‘z yumgunimga qadar ham hech kimdan biror narsa so‘ramasman!” - dedim”.
Urva ibn az-Zubayr bunday deydilar: “Abu Bakr raziyallohu anhu (xalifalik paytlarida) Hakimni huzurlariga chaqirib, biror narsani in’om qilsalar, olmas edilar. Keyin, Umar raziyallohu anhu (xalifa bo‘ldilar). U kishi ham Hakimni huzurlariga chaqirib, tuhfa berdilar, olmadilar. Shunda Hazrat Umar: “Ey musulmonlar jamoasi, sizlarni guvoh qilib aytamanki, Hakimga: “O‘ljalardan o‘z haqingni olgin!” - desam, olmadi”, - dedilar. Darhaqiqat, Hakim o‘shanda Janob Rasulullohdan narsa so‘raganlaridan keyin, to vafot qilgunlariga qadar ham hech kimdan biror narsa olmadilar”.
Hazrat Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: “Barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldirsiz. Imom o‘zi boshqarayotgan (qavmga) homiy va mas’uldir, erkak o‘z oilasiga homiy va mas’uldir, xotin o‘z eri uyida homiy va mas’uldir, xizmatkor o‘z xo‘jayini mol-mulkiga homiy va mas’uldir” - deb aytganlarini eshitdim. Janob Rasululloh: “Kishi o‘z otasi mol-mulkiga homiydir” - deb (ham) aytdilar, deb uylayman”.

t.me/Xolislik_Sari_Muslim