Get Mystery Box with random crypto!

#Al_Jome_As_Sahih Kun hadisi Azon (aytish) kitobi, 18-bob. | 🕋💫🅧🅞🅛🅘🅢🅛🅘🅚 🅢🅐🅡🅘💫🕋

#Al_Jome_As_Sahih

Kun hadisi

Azon (aytish) kitobi, 18-bob.
Musofirlar uchun azon va takbir aytish, shuningdek Muzdalifada azon va takbir aytish, muazzinning sovuq kechada yoki yomg‘irli kechada “namozni joy-joylaringizda o‘qing”, deb azon chaqirishi


Abu Zarr rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga edik. Muazzin azon aytmoqchi bo‘lganda, Rasululloh unga: “Salqinlatgin (shoshmay turgin)”, - dedilar. Keyin u yana azon aytmoqchi edi, Rasululloh yana: “Salqinlatgin”, - dedilar. Keyin yana azon aytmoqchi bo‘lganida, Rasululloh yana: “Salqinlatgin”, - dedilar, hatto tepaliklarning soyasi o‘zi barobarligiga keldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Kunning harorati jahannamdan kelayotgandek”, - dedilar”.
Molik ibn al-Huvayris naql qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga safarga ketayotgan ikki kishi kirib keldi. Rasululloh ularga: “Safarga chiqqanlaringizda avval azon ayting, so‘ng takbir ayting, keyin kattangiz imomatga o‘tsin”, - dedilar”.
Molik ibn al-Huvayris naql qiladilar: “Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylariga yosh yigitlik vaqtimizda borib, 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rahmdil va mehribon edilar. Janob Rasululloh ahlimizni sog‘inganimizni bilib, uyimizda kimlarni tashlab kelganligimizni so‘radilar, biz aytdik” Shunda Rasululloh: “Ahlingiz oldiga qayting. Ular bilan birga bo‘ling, ularga shari’at hukmlarini o‘rgating. Men sizlarga buyurganlarimni ularga ham buyuring”, - deb ancha nasihat qildilar (ularning ba’zisi yodimdan chiqqan), keyin, “Men qanday namoz o‘qigan bo‘lsam, shunday, namoz o‘qing. Namoz vaqti bo‘lsa, bittangiz azon ayting, kattangiz imomatga o‘tsin”, - dedilar”.
Nofi’ rivoyat qiladilar: “Ibn Umar sovuq kechalardan birida Dajnonda (tepalik nomi) azon aytdilar, keyin bizga: “Joy-joylaringizga borib namoz o‘qing, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam azon aytgandan keyin muazzinga: “Safardalik paytingizda sovuq kecha yoki loygarchilik bo‘lsa, joy-joylaringizda namoz o‘qing” deb aytishni buyurardilar”, - dedilar”.
Avn ibn Abu Juhayfa otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Abtaxda (joyning nomi) ko‘rdim. Bilol kelib azon aytdilar. Keyin nayza hassalarini olib chiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralariga sanchib qo‘ydilar, so‘ng takbir aytdilar”.

t.me/Xolislik_Sari_Muslim