Get Mystery Box with random crypto!

#Al_Jome_As_Sahih Kun hadisi Janoza va o‘lim, 9-bob. O‘likn | 🕋💫🅧🅞🅛🅘🅢🅛🅘🅚 🅢🅐🅡🅘💫🕋

#Al_Jome_As_Sahih

Kun hadisi

Janoza va o‘lim, 9-bob.
O‘likni toq marta yuvishning mustahabligi


Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning jasadini yuvayotganimizda bizning oldimizga kirib: “Uch marta yoki besh marta, balkim undan ham ko‘proq sidr va suv bilan yuving! Oxirgi marta yuvayotganingizda kofur (kamfara) qo‘shing, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng, menga xabar qiling!” - dedilar. Yuvib bo‘lganimizdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘z haqvlarini (izorlarini) uzatib: “Qizimni avval shunga o‘rang!” - dedilar. Ayyub raziyallohu anhu aytadilar: “Hafsa menga Muxammad ibn Sirin aytgan hadisga o‘xshash boshqa bir hadisni aytib berdi. Hafsa aytgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Mayyitni toq yuving, uch marta yoki besh marta yoki yetti marta, avval o‘ng tomonidan, tahorat qilinadigan joylaridan boshlang!” - deganlar”,- deyilgan. Ummu Atiyya ersa: “Sochini uch o‘rim qilib o‘rib qo‘ydik”,- deb ayttandilar”.

t.me/Xolislik_Sari_Muslim