Get Mystery Box with random crypto!

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) – 1 % etib belgilangan: 01 | Xayrulla Sattarov

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) – 1 % etib belgilangan:

01.04.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha
PQ-104-son qarorning 1-ilovasida keltirilgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) quyidagi xizmatlarni ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun:

umumiy ovqatlanish,
mehmonxona,
savdo,
ko‘ngilochar,
turoperator va turagent .

01.06.2022-yildan 01.02.2025-yilga qadar “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida quyidagilarni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

mehmon uylari,
ovqatlanish va ko‘ngilochar joylar
.

01.01.2022 yildan 01.01.2031 yilga qadar Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun.

01.08.2022-yildan 01.08.2025-yilgacha “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari uchun.

Quyidagilar aylanmadan olinadigan soliq (AOS)dan vaqtincha ozod qilingan:

01.01.2024-yilgacha Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari (klasterlar bundan mustasno);

01.01.2023-yildan 01.01.2026-yilgacha

charm, mo‘yna xomashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash,
qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish,
jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish
bilan shug'illanuvchi soliq to'lovchilar

01.01.2024-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari;

01.01.2024-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari;

01.08.2022-yildan 01.01.2028-yilgacha “Inno texnopark” MChJ va uning rezidentlari.

Kanalga ulaning: @xayrullasattarov