Get Mystery Box with random crypto!

Noumid shayton Tabaroniydan rivoyat qilinadi:  “Abu Farva ism | Xayrli kech Tong tilab

Noumid shayton

Tabaroniydan rivoyat qilinadi: 
“Abu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAFHqf2yc42phWJTa3Q