Get Mystery Box with random crypto!

Bir saxiy inson do‘stidan so‘rabdi. - Bir odamga 10 000 $ ehso | Xayrli kech Tong tilab

Bir saxiy inson do‘stidan so‘rabdi.
- Bir odamga 10 000 $ ehson qilmoqchiman, nima deysan?
- Yo‘g‘-ye, do‘stim, bu ko‘p. Shuncha ham ehson qilasanmi?
- Ha, unda, 1 000 $ bersamchi?
- Bu ham ko‘p, do‘stim.
- 100 $ bersamchi?
- Qo‘ysangchi, 100-200 ming so‘m bersang ham yetadi.
- Eh, do‘stim-a, o‘sha pulni senga bermoqchi edim. Baxilliging sabab, meni ehson qilishdan, o‘zingni esa ne’matdan mahrum qilding.

Salim Ayyubiy