Get Mystery Box with random crypto!

Pul boʻlsa — changalda shoʻrva. Changal nima? Bu maqoldagi ch | To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

Pul boʻlsa — changalda shoʻrva. Changal nima?

Bu maqoldagi changal soʻzi odamning yo hayvonotning changali, yaʼni panjalari orasi maʼnosida emas, balki changalzor tikanakli butalar bilan qoplangan maydon maʼnosida keltirilgan.

Demak, maqolning maʼnosi quyidagicha: agar pul boʻlsa, kimsasiz changalzorda ham shoʻrva topib ichsa boʻladi. Majozan esa quyidagicha mubolagʻa qilinadi: agar pul boʻlsa, «yoʻqni yoʻndirish», topishning imkoni boʻlmagan narsani ham topish mumkin va h. k.

Bu maqolning odamlarning pulga nisbatan obyektiv va subyektiv qarashlari, munosabatlari hamda tushunchalari oʻz ifodasini topgan bir talay variantlari mavjud:
• Pul — belga quvvat, boshga — toj.
• Gavhar belni baquvvat qiladi.
• Pul tilni biyron, dastni daroz (qoʻlni uzun) qiladi.
• Pullikka — bozor, pulsizga — mozor.
• Puli borlar — yoʻrgʻa-yoʻrgʻa, puli yoʻqlar — zoʻrgʻa-zoʻrgʻa.
• Puli borning ogʻzi oʻynar, puli yoʻqning koʻzi oʻynar.
• Pul zamburning nishini (qovogʻari) qaytarar...

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin