Get Mystery Box with random crypto!

Doʻst hisobi — dilida Bu maqolning maʼnosi quyidagicha: biror | To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

Doʻst hisobi — dilida

Bu maqolning maʼnosi quyidagicha: biror kim bilan har qancha qalin doʻst boʻlsang ham, oldi-berdi muomalangni toʻgʻrilab yur, doʻstingning haq(q)iga xiyonat qilma, toki ikki oʻrtada koʻngil qolarli, ajralib ketishga sabab boʻlarli ish voqe boʻlmasin.

Boshqa shakllari:
• Doʻsting doʻst boʻlsin, hisobing durust boʻlsin.
• Hisobli doʻst ayrilmas, qush qanoti qayrilmas.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin