Get Mystery Box with random crypto!

Davlat mustaqilligimiz bardavom  bo’lsin!!! Vatan – inson saf | Xadicha.uz

Davlat mustaqilligimiz bardavom  bo’lsin!!!

Vatan – inson safar qilsa, mudom qo‘msaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon ko‘zdan, qora kuchlardan himoya qilish, uning sha’nini yuqori ko‘tarish – bularning barchasi Alloh subhanahu va taologa bo‘lgan muhabbatimizning, U Zotning habibi, Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatimizning mahsulidir. Zero, Alloh subhanahu va taolo bu tuyg‘uni insonning fitratiga qo‘shib yaratgan. Bu tuyg‘u nafaqat insonda, balki boshqa mahluqotlarda ham bor. Vatanni yaxshi ko‘rish, vatanni qo‘msash tinchlikka intilish tuyg‘usi jonivorlarda ham bor. Baliq suvga, hayvon o‘zining iniga, hasharot uyasiga intiladi. O‘sha aqli yo‘q jonivorlar ham, tinchlikni ne’mat biladi, xatto hasharotlar ham o‘zining uyini taniydi, uni quradi, unda jufti bilan yashab, naslini davom ettiradi, zarur paytda vatanini himoya qiladi.

Batafsil https://xadicha.uz/oz/news/293

Yaqinlaringizga ham ulashing!

@xadichauz