Get Mystery Box with random crypto!

Endi mashina krediti vaqtida toʻlanmasa, u «arazlab» ketib qol | XABARLAR

Endi mashina krediti vaqtida toʻlanmasa, u «arazlab» ketib qoladi.

Ford kompaniyasi yangi avtopilot tizimi uchun patent oldi. Kelajakda kreditga olingan Ford avtomobillari toʻlov oʻz vaqtida toʻlanmasa, mijozga bu haqda eslata boshlaydi. Oldiniga avtomobilning kruiz-kontrol, konditsioner singari tizimlari oʻchiriladi, keyin salonga yoqimsiz ovoz chiqaradi. Mijoz baribir e’tibor qaratmasa, mashina qulflab qoʻyilishi mumkin. Shunda ham mijoz kreditni toʻlamasa, mashina bank koʻrsatgan joyga oʻzi ketib qoladi.

Telegram @Xabarlarinfo