Get Mystery Box with random crypto!

Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi qurilishlarda nobud bo‘lgan daraxtl | Xabardor.uz | Rasmiy kanal️

Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi qurilishlarda nobud bo‘lgan daraxtlar uchun hokimlik ham aybdorligini tan oldi

Toshkent shahri hokimi Senatning 22 yalpi majlisida senatorlar oldida hisobot berib, jumladan, shahardagi qurilishlar sababli kesilib ketgan daraxtlar haqida ham to‘xtaldi.

“Haqiqatda, kesilib ketgan joylari bor, shahar hokimligining bunga yordam berolmay qolgan joylari ham bor, aybdor joylari ham bor. Men buni tan olaman. Qurilish maydonlarida nobud bo‘lgan daraxtlar bor, uni ham tan olaman. Lekin oxirgi paytda yerosti suvlari sathining qochishi shahardagi qurilishlarga aslo bog‘liq emas. Butun dunyoda ekologiya o‘zgarib boryapti, faqat Toshkentda emas, butun dunyoda yerosti suvlari sathining pasayishi yuzaga kelyapti. O‘ylaymanki, ekologlarimiz buning ustida ishlashadi.
Bu borada biz 200 varaqqa yaqin loyiha ishlab chiqqanmiz. Agar batafsil tanishmoqchi bo‘lsangiz, sizga bu boradagi barcha ma’lumotlarni yuboramiz”, – dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube