Get Mystery Box with random crypto!

Befarqlik bu hali nafrat emas. Dilda yetilmagan, zabonga koʻch | Kalibri blogining linki🤭

Befarqlik bu hali nafrat emas.
Dilda yetilmagan, zabonga koʻcholmagan ishqning ojiz himoyasi xolos...

Befarqlik bu seni sevmaydi degani emas, yurakning yaralarini yashirguvchi niqobgina u...

Befarqlik bu qalbni yondirgan rashk uchqunlarining alamzada tentakliklaridir asli...

Befarqlik iliq mehrni berib muzliklarda yashayotgan, muhabbat taftini  tuyishni istagan yurakning soxta sovushi...

Befarqlik - "Sen menga beeʼtiborsan, bemehrsan" deyolmagan koʻngilning alamli arazlaridir balki!

Befarqlik sovuq koʻrinib iliqlik olishni istovchi nochor ilinj,  imkonsizlikdan imkon kutgan jimitdek umid!

Senga befarqlik qilgan odam eʼtiboringni oʻzida koʻrmoqni istagan mitti koʻngilcha...

@Withkalibri