Get Mystery Box with random crypto!

Xayollar..) Xayol nima sababdan hamma uchun yoqimli ekanini bi | Kalibri blogining linki🤭

Xayollar..)
Xayol nima sababdan hamma uchun yoqimli ekanini bilasizmi?
Xayolda hamisha siz istaydigan baxtlarni tutish mumkin,  kechinmalarni yashash mumkin.
Barcha koʻngilsizliklarni  bir lahzada  hal etish mumkin. U yerda oʻzing istagan dunyoni  oʻzing xohlagan insonlar bilan taʼbing va orzuyingga koʻra yarata olasan. Hatto oʻzingni ham.  Eng yomon boʻlsang ham eng yaxshi deb yaratilmoq imkoni bor.
U yerda hamma yaxshi, hamma sof. Yoʻq. U yerda hamma narsa siz istagan kabi. Ha, eng asosiysi mana shu uchun u yerni yaxshi koʻrasiz.
Ammo u yerda koʻp qolsangiz, qachondir roʻyolaringiz roʻyobga chiqmaydi. Bor hayotiy quvattingiz xayolga ketib qolsa yashash uchun kuchingiz qolmasligini bilasizmi?

@Withkalibri