Get Mystery Box with random crypto!

Sayyoha

Telegram kanalining logotibi with_sayyoha — Sayyoha S
Telegram kanalining logotibi with_sayyoha — Sayyoha
Kanal manzili: @with_sayyoha
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35
Kanalning ta’rifi

O‘KYS ga chalingan Sayyohaning kitoblar ichra sayohati

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-02 12:10:39
Ko‘ngil na choy istar, na bir choyxona.
Ko‘ngil diydor istar, choy bir bahona.



Sayyoha
97 views09:10
Ochish/sharhlash
2022-11-30 21:22:21
Biz o‘zimizga begona bo‘lib qoldik. Balki, juda yaqindan ham tanimasmiz o‘zimizmi. "O‘zini bilgan Robbini ham taniydi" hadisining ishorasi bilan tanishaylik o‘zimiz bilan...

"Oshiq ham bo‘lmaylikmi?" (Usmon Sungur Yeken)

Sayyoha
93 viewsedited  18:22
Ochish/sharhlash
2022-11-25 21:38:4957- polk. Falastin
Ismoil Bilgin


O‘lim yaqin turgan paytda jon saqlash uchun jang qilish o‘zgacha bo‘ladi.

Falastin — Isroil urushi avj olgan edi yaqin yillar ichida. Hozir ham davom etyaptimi, bilmayman. O‘sha lahzalarda Falastinga nisbatan qandaydir muhabbatmi, shafqatmi uyg‘ongandi menda. Shu sababli bu romanga qiziqqandim.

Asarda 1- jahon urushi davrida inglizlarning Usmonli davlatini bosib olish harakatlari tasvirlangan. Romanda bosh qahramon — Ahmad Muzaffar ismli qo‘mondon, voqealar ham ayni shu qo‘mondon tilidan hikoya qilinadi. Uning o‘z ishini (garchi bunga majbur bo‘lmasa-da) qat'iyat bilan bajarishi asarga ko‘tarinkilik bag‘ishlagan. Jumladan, Gavur Ahmad, Alban Badur, Sami va Ramilar ishtiroki ham.

Romandagi Abdulvahhobni voqealar boshlanishidan buyon o‘zim uchun shubhali shaxs sifatida belgilagandim. Biror kun baribir qochib ketsa kerak, deb yurgandim. Saqo Umarning o‘limida ham shuning qo‘li bor deb o‘ylagandim. Adashibman, "u oxirigacha turib berdi".

Polk, diviziya, batalon, brigada, korpus kabi so‘zlarni tushunmasam-da, tushungandek o‘qiyverdim))

Asar so‘ngidagi baxtsiz yakunni kutmagandim. Ular inglizlarga asir bo‘lib qolishadi. Askarlar asir tushib qolishdan ko‘ra o‘lishni afzal ko‘rishardi (eng qayg‘uga solgan joyi shu yer, hatto yozgim ham kelmayapti bu haqda).

Polk uchun bayroq hatto jondan-da aziz sanalarkan. Bayroqning dushman qo‘liga o‘tishi ordir(!) Shu sababli mag‘lubiyat aniq bo‘lgan lahzada Ahmad Muzaffar va bir nechta askarlar bayroqni olib, yoqib yuborishadi. Ular uchun afzali shudir. Bayroqqa qo‘shilib Ahmad Muzaffar qallig‘i Gulniholga atab yozgan xatlarini ham yoqib yuboradi...

Yozaman desam, gap ko‘p. Yaxshisi, kitobni olib o‘qing.

"Barcha askarlarning qalblari, tillari duoda edi. Bir qo‘li miltiq tepkisida bo‘lsa, boshqasida kichik Qur'oni Karim bor..."(Ismoil Bilgin)

Sayyoha
194 views18:38
Ochish/sharhlash
2022-11-24 19:13:01
Endi Sayyoha'ni Instagram orqali ham kuzatishingiz mumkin))
156 views16:13
Ochish/sharhlash
2022-11-22 22:06:17
Ba'zi sabablarga ko‘ra bir qizdan kitob sotib olgandim, eski nashr va ikkinchi qo‘l bo‘lsa-da)

Kitobdagi mana bu rasm judalar o‘zgacha ekan. Anchadan buyon bunaqasini ko‘rmagandim.

Chizgan insonga respect

Sayyoha
161 viewsedited  19:06
Ochish/sharhlash
2022-11-18 22:15:38Ohing Allohga omonat
Nabi Yildiz


Hech narsadan qo‘rqma. Alloh degin-u, yo‘lga tush.

Go‘zal nom... Turk adabiyoti... Muqovadagi o‘zgachalik... Nashriyotdagi yangilik...

Men shularga aldandim...(!)

Qandaydir umidsizlikka tushib qolgan, orzulari chilparchin bo‘lgan, nohaqliklardan ezilgan inson uchun ekan bu kitob.

Va sevgidan kuygan yigit yoki qizlar uchun)

Chiroyli, jozibali gaplar bilan diniyroq tomonlama motivatsiya berilgan, xullas. Yaxshi joylari ham bor: Shams Tabriziy haqida rivoyat, shukr, duo va tavbaga yangi uslubdagi ta'rif va hokazo.

Hamd bo‘lsinki, bunday bir tushkunlikka tushib qolgan, ruhan ezilgan inson emasman. Balki, shunday holatga tushib qolsam o‘qirman. Alloh saqlasin!

Ayni shu adibning "Orzularing Allohga omonat" nomli kitobi ham nashrdan chiqibdi. Katta ehtimol bilan endi bu adibga qayrilib ham qaramasam kerak.

"Kim Allohga tavakkul qilsa, Allohning o‘zi unga kifoyadir"(Taloq: 3)

Sayyoha
146 views19:15
Ochish/sharhlash
2022-11-18 16:40:32
Yangi mehmonim, welcome)

Ayni shu nashr, to‘g‘rirog‘i, shu nashrdagi kitob muqovasini yoqtirmadim. Tarixiylikni bermoqchi bo‘lib, ertak kitobga o‘xshatib qo‘yishgan. Muqovadagi qiz surati ham ertakmonand qilib chizilgan.

Ma'lum bir sabablarga ko‘ra shu kitobni o‘qishim kerak...

Sayyoha
127 views13:40
Ochish/sharhlash
2022-11-15 20:49:27
Yangi mehmonlarim, welcome)

11- noyabr kuni chiqishi kerak edi bu post, bugunga nasib qilgan ekan...

Sayyoha
125 viewsedited  17:49
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:29:36
Endi esa senga hammasini tuzata oladigan bir sirni ochaman. Hayotingda nimalardir aksiga olib orqaga ketganda va uning qiyinchiliklari chidab bo‘lmas darajaga yetganda ichingda doim shu so‘zlarni takrorla: "Alloh bor-ku axir, U meni hech qachon tashlab qo‘ymaydi!"

"Ohing Allohga omonat" (Nabi Yildiz)

Sayyoha
117 views11:29
Ochish/sharhlash