Get Mystery Box with random crypto!

Web Dasturlash

Telegram kanalining logotibi web_distance — Web Dasturlash W
Telegram kanalining logotibi web_distance — Web Dasturlash
Kanal manzili: @web_distance
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 454
Kanalning ta’rifi

Dasturlashning Web Development yo'nalishini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun online darsliklar!
Dasturlashni bu yerdan boshlab o'rganing! https://t.me/Web_Distance/1
Dasturlashga oid savollarni guruhda tahlil qilamiz! @WebDistance

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-12-06 11:28:00 Assalomu alaykum aziz do'stlar. Bugun React bilan ajoyib Parallax(ekran scroll bo'lganda, animatsiya yaratish) effectini qilib ko'rdik. Ushbu animatsiyani ko'rib, siz ham o'z saytingizga qo'yishingiz mumkin.



1.0K viewsedited  08:28
Ochish/sharhlash
2020-12-05 08:38:58 https://telegra.ph/Dasturlash-muhiti-IDE-tushunchasi-12-05
1.1K views05:38
Ochish/sharhlash
2020-12-05 06:23:20 Assalomu alaykum azizlar.Youtubeda yangi kanal ochdik, bu kanalda ReactJs bilan qilingan animatsiyalarni qo'yib boramiz.



1.0K views03:23
Ochish/sharhlash
2020-12-02 12:57:01
Veb Dasturlash tillari bo'yich hozirda qulayligi va ommalashishi bo'yicha top 5 talik!

Instagram | Telegram | Facebook
1.2K views09:57
Ochish/sharhlash
2020-11-26 06:05:00
Ilon Mask milliarderlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa chiqib oldi!

SpaceX va Tesla rahbari Ilon Maskning boyligi Tesla aksiyalari qimmatlashishi fonida 7 mlrd dollarga oshgan. Tesla aksiyalarining bir donasi, 24-noyabr holatiga ko'ra, 523,2 dollarga baholanmoqda.

Muvaffaqiyatli tadbirkor Ilon Mask o'zining bir nechta kompaniyalari va loyihalari ortida tezlik bilan boyishga erishdi, ayniqsa shu yili. Mask bu yilning o'zida $100 mlrddan oshiqroq pul ishlab topdi. Bu ro'yhatdagilarni hech qaysi biri bunday natijaga erisha olmagan.

Bloomberg nashrining milliarderlar ro'yhatiga ko'ra, Tesla rahbaridan oldin faqatgina Amazon Inc. direktori Jeff Bezos turibdi. Kuchli uchlik Bill Geyts ismi bilan yakunlangan. Ularning boyligi, tegishli ravishda, 182 va 128 mlrd baholanmoqda.

Buni siz ham uddalashingiz mumkin. Shunchaki, ishtiyoq bilan mahkam belni bog'lashning o'zi kifoya.

Manba: News

Web dasturlash
1.7K views03:05
Ochish/sharhlash
2020-11-24 18:53:12 ​​Dasturchilar qancha maosh oladi?

Bu savolni ko'pincha endigina dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar berishadi. Bunga asosiy sabab esa, albatta eng "yog'li" dastulash tilini o'rganish va uning yordamida mo'may daromad topishdir.

Lekin, bu masalada shoshib qaror qabul qilish yaramaydi. Chunki, inson avvalo o'z qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, o'zi uchun dasturlash tilini tanlasa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Dasturlash huddi biron bir asar yozishga o'xshaydi. Asar kitob qilib yozilishidan avval oddiy oq qog'ozdir. Kompyuterlar, telefonlar, planshetlar, har xil texnikalar ham o'sha oddiy qog'ozga o'xshaydi. Kerakli dasturiy ta'minotsiz u bir parcha temir-tersakdir. Lekin dasturchi o'z bilimlarini, o'sha temir-tersakka jon bag'ishlaydi. Ularni insonlarga xizmat qilishi uchun kerakli amallarni bajaradi.

Odatda dasturchilarning oyliklari biron bir davlatda aniq belgilab qo'yilmagan, chunki, har bir kompaniya o'zining iqtisodiy holatiga, loyihalariga, mijozlariga qarab, dasturchilarning bilimlari va bajarayotgan vazifalariga ko'ra, individual oylik to'laydi.

Shunga qaramay, O'zbekistonda hozirgi vaqtga kelib, dasturchilar oyiga o'rtacha 8.000.000-30.000.000 so'mgacha topishlari mumkin.

Agarda siz ham yuqori bilim va mavqega ega bo'lishni istasangiz, hech o'ylab o'tirmay Idrok ta'limga murojat qiling.

Administratorga yozish

Instagram | Telegram | Facebook
1.2K views15:53
Ochish/sharhlash
2020-11-24 09:42:59
http://www.zoomquilt.org

Bu sayt cheksiz kattalashuvchi va ichma-ich joylashuvchi rasmlar illuziyasi bilan ajralib turadigan ajoyib sayt.
1.1K viewsedited  06:42
Ochish/sharhlash
2020-11-24 05:16:49
Qaysi javob to'g'ri?
1.6K views02:16
Ochish/sharhlash
2020-11-23 09:26:10
Bu juda qiziq...!

QWERTY klaviaturasi haqida hamma ko'plab ma'lumotga ega, ammo, uning nomiga qoyilgan yodgorlikdan habaringiz bormi?

«Pamyatnik Klaviature» deb ataluvchi bu yodgorlik, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan. Uning dizayni o'zgacha bo'lib, klaviatura klavishlari toshdan ishlangan, tugmalar orasidan esa maysa o‘sib turadi.

Mahalliy aholi tilak bildirish uchun klaviatura ustiga chiqib bir klavishdan ikkinchisiga sakraydi. Agar ular yangidan hayot boshlamoqchi bo‘lishsa, CTRL ALT DEL tugmasi ustiga sakrashar ekan.

Aytgancha, QWERTY sayyoramizda eng ko‘p ishlatiladigan parollar ekanligini hisobga olgan holda, undan foydalanmaslikni maslahat beramiz. Yana xakkerlar hujumiga uchrab qolmang.

Web distance
1.3K views06:26
Ochish/sharhlash
2020-11-22 06:52:18
Stack Overflow - bu dasturchilar o'rganishlari, bilimlari bilan o'rtoqlashishlari va o'zlarining martabalarini yaratishlari uchun eng katta, eng ishonchli onlayn jamiyat(community). 50 milliondan ortiq professional va intiluvchan dasturchilar har oy Stack Overflow-ga tashrif buyurib, kod yozish bilan bog'liq muammolarni hal qilishda, yangi ko'nikmalarni rivojlantirishda va ish joylarini topishda yordam berishadi.

Bu platforma 2008-yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kunga qadar 20 milliondan oshiq savollar berilgan, oyiga 100 milliondan ortiq odam tashrif buyuradi va har bitta beriladigan savol o'rtasidagi farq taxminan 14 soniyani tashkil qiladi.
Agar sizda ham dasturlashga aloqador savollar bo'lsa, ushbu saytga yozishingiz yoki qidirib topishingiz mumkin.
1.2K viewsedited  03:52
Ochish/sharhlash