Get Mystery Box with random crypto!

#web_distance #shogird Yaqinda bir dori ishlab chiqaruvchi ko | Web Dasturlash

#web_distance #shogird

Yaqinda bir dori ishlab chiqaruvchi korxona web sayt tayyorlab berishimizni so'radi. Ularning aytishicha korxonaning web sayti yo'qligi uchun investorlar yoki partnorlarni qiziqtira olishmayotgan ekan.

Ularga biz ishlay oladigan texnologiyalarni va ta'riflarni tushuntirdik. Professional bajarishimizni xohlashdi, ular React'ni tanlashdi.

TZ tayyorlandi, muddatni belgiladik. Web dizaynerimiz endi ishga kirishgandi, oradan bir hafta o'tib zudlik bilan 1-2kunni ichida qanqa bo'lsa ham vaqtinchalik web sayt bo'lishi kerakligini, qanaqadir talablarni bajarishda shu sayt kamlik qilayotganini aytishdi (eng yomon ko'rgan narsam shu)

Men boshqa loyiha ustida ishlayotgan edim. Uni qolgan ishlar orasiga tiqishtirish vaqtni o'ldiradi, Rejalar buzilib ketadi.

Keyin o'ylab qarasam kelganiga 2,5 hafta bo'lgan shogirtim bor edi. HTML CSS ni endi tugatgandi. Projectni o'ziga berdim, domen hostingni ham o'rgatib qo'yaman dedim. Taxminan bir kunda bitirdi.

Ishni qilish davomida ko'p narsalarni o'zi qidirdi o'rgandi, unga katta dars va tajriba bo'ldi. Partfoliosi uchun ham birinchi project yomonmas: http://baniyat.uz/