Get Mystery Box with random crypto!

Kasalligingda ham, g'am chekkan paytingda ham, baxtli kuningda | Be pious

Kasalligingda ham, g'am chekkan paytingda ham, baxtli kuningda yoki tunlari bedor bo'lib muammolaring haqida o'ylaganingda va yaqinlarimni tashvishga solmay deb sukut qilgan paytingda, seni qalbingdan tinglagan faqatgina Alloh bo'ldi. Shunday ekan, bu dunyodagi narsalarga hech qachon g'am chekma. "Zero, bu dunyo kofirning jannati, mo'minning jahannamidir". Sen doimo Alloh roziligiga yetishish payida bo'l. Hamma seni tashlab ketganda ham, Alloh doimo sen bilan bo'ladi, qalban tinglaydi.
"Allohning Kalomi ila qalbing taskin topadi, sokinlashadi va hotirjam bo'ladi", shuning uchun ham biz "Hasbunallohi va ni'mal vakiyl" ya'ni "Bizga Alloh kifoyadir, U qandayin yaxshi vakiyl" deya Ar-Rohiym Zotga qalban bog'lanamiz ,faqat Uning O'zigagina suyanamiz va ishonamiz.