Get Mystery Box with random crypto!

Wallet News 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi wallet_news_uz — Wallet News 🇺🇿 W
Telegram kanalining logotibi wallet_news_uz — Wallet News 🇺🇿
Kanal manzili: @wallet_news_uz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 82

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-05-10 15:34:11 Channel name was changed to «Wallet News »
12:34
Ochish/sharhlash
2023-05-10 15:33:01 Channel photo updated
12:33
Ochish/sharhlash
2023-05-03 15:10:56
Firibgarlarni qanday aniqlash mumkin?

Odatda shunday bo'ladi: siz bizning guruhga juda ham o'xshash guruhga qo'shilasiz. U guruhda bizning postlar bilan bir xil bo'lgan postlar va fotosuratlar bo'ladi. Shu bilan birga, u yerda ko'plab obunachilar va hatto sharhlar ham yozilgan bo'ladi. Lekin bir narsa shubhali ko'rinadi: postlar birin-ketin e'lon qilinadi va sharh bildiruvchilar sun'iy bo'ladi.

Ehtiyot bo'ling, bu firibgarlik! Rasmiy kanallarimizni ko‘chirib olib, hamjamiyatimizni aldashga urinayotganlar juda ko‘p. Quyidagi ma'lumotlar bilan biz firibgarlarni rasmiy @wallet botdan qanday ajratishni tushuntiramiz.

Eng muhimi, @wallet jamoasi sizni hech qachon bizning kanallarimizga majburan qo'shmaydi;
Kanalimizga havola to'g'ridan-to'g'ri @wallet botda mavjud;
Hech qachon sovrinlar va'da qilingan shubhali havolalarga ishonmang;

Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilish orqali siz firibgarlar qurboni bo'lish ehtimolini 80% gacha kamaytirishingiz mumkin. Biroq, o'zingizni 100% to'liq himoya qilish uchun biz asosiy xavfsizlik tamoyillari bo'yicha kichik test tayyorladik. Aytgancha, testni muvaffaqiyatli topshirgan uchta ishtirokchini tasodifiy tanlab olamiz va ularning har birini 5 TON bilan mukofotlaymiz. Test haqida batafsil ma’lumot keyingi e’londa taqdim etiladi.
81 views12:10
Ochish/sharhlash
2023-04-07 17:54:12 @wallet bot hamyoningizga kirish huquqini saqlab qolish bo'yicha ba'zi savollarga javoblar tayyorladik.

1. Telegramdagi telefon raqamingiz o'zgartirilganda. Roʻyxatdan oʻtish jarayonida har bir akkaunt raqamli kod yoki Telegram foydalanuvchi IDsini oladi. Bu sizning maʼlumotlaringizni saqlashga xizmat qiladi va uni foydalanuvchi sifatida sizga bogʻlaydi. Agar foydalanuvchi o‘z telefon raqamini o‘zgartirsa, uning Telegram IDsi @wallet botidagi kripto hamyoniga kirish huquqi bilan bir xil bo‘lib qoladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, foydalanuvchi bank kartasi bilan kripto sotib olganida, foydalanuvchi ma'lumotlari yangi hisoblanadi. Bunday holatda foydalanuvchi @wallet_supportbot manzilidagi qo‘llab-quvvatlash xodimlariga raqam o‘zgarganligi haqida bildirish uchun xabar berishi kerak bo‘ladi.

2. Telegramdagi foydalanuvchi nomi (“username”) o’zgartirilganda. Telegramdagi foydalanuvchining ismi yoki “username”i uning @wallet bot hamyoniga kirish huquqiga ta’sir qilmaydi, chunki akkaunt Telegram IDsiga ulangan bo’ladi.

3. Telegram akkaunt o’chirilganda. Foydalanuvchi Telegram akkauntini o‘chirib tashlaganida, uning barcha ma’lumotlari va datasi, jumladan, @wallet manzilidagi mablag‘lari ham o‘chiriladi. Shuning uchun, buni qilishdan oldin, kriptongizni @wallet hamyoningizdan Tonkeeper hamyoningizga olib qo'yganingiz ma'qul.
3.2K views14:54
Ochish/sharhlash
2023-04-07 17:53:23 Wallet News Uzbekistan pinned «@wallet bot kanaliga xush kelibsiz! Ushbu kanalda biz o'quvchilarimizga TON ekotizimiga oid eng qiziqarli yangiliklar, Toncoin va kripto sanoatining barcha sirlari va boshqa muhim ma’lumotlarni berib boramiz. Quyida bizning faoliyatimiz haqida qisqacha tavsif…»
14:53
Ochish/sharhlash
2023-04-07 17:53:16
Nega kriptovalyutalarni sotib olish uchun @wallet botdan foydalanishim kerak?

Kriptovalyutalar asta-sekin hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ulardan aktivni saqlash, hisob-kitoblar va sarmoyalar uchun kerakli vosita sifatida foydalanilmoqda. Quyida foydalanuvchilar kripto o’tkazmalarni amalga oshirish uchun @wallet botdan foydalanishlari kerak bo'lgan uchta asosiy sabab keltirilgan.

1. Ishonchlilik
@wallet – tasdiqlangan Telegram boti bo‘lib, u allaqachon o‘n minglab foydalanuvchilarning ishonchini qozongan. Muammo yuzaga kelsa, 9 dan 9 gacha ishlaydigan professional yordam xodimlariga ya’ni @wallet_supportbot manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

2. Funksionallik
@Wallet botdan foydalanib, siz bir kriptovalyutani boshqasiga xavfsiz almashtirishingiz yoki bank kartangiz bilan tokenlarni xarid qilishingiz mumkin.
Shuningdek, siz boshqa Telegram foydalanuvchilariga kriptoni bir zumda komissiyasiz yuborish uchun multichek yaratishingiz ham mumkin.

3. Qulaylik
@wallet boti foydalanuvchilarga Telegramdagi kriptovalyutalar bilan hech qanday vositachilarsiz o‘zaro muloqot qilish imkonini beradi va bu o‘z foydalanuvchilariga ko‘plab afzalliklarni yaratadi. Bunday afzalliklardan biri shundaki, endi parollari va maxfiy iboralar bilan qo'shimcha kripto hamyonlardan foydalanishingizga hojat yo'q, chunki @wallet bot hamyoniga faqat Telegram orqali kirishning o’zi kifoya qiladi.

@wallet jamoasi barcha foydalanuvchilariga xizmatga ishonganlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Biz botni takomillashtirishda davom etamiz va kripto tajribangizni tartibga solish uchun yangi funksiyalarni qo'shishga va'da beramiz.
3.0K views14:53
Ochish/sharhlash
2023-04-07 17:51:19 @wallet bot kanaliga xush kelibsiz!

Ushbu kanalda biz o'quvchilarimizga TON ekotizimiga oid eng qiziqarli yangiliklar, Toncoin va kripto sanoatining barcha sirlari va boshqa muhim ma’lumotlarni berib boramiz.

Quyida bizning faoliyatimiz haqida qisqacha tavsif berilgan.

@Wallet yordamida siz bank kartasi bilan kriptovalyutalarni xarid qilishingiz yoki boshqa tokenlarga almashtirishingiz mumkin. Bularning barchasi Telegram messenjerida va bu tez va qulay.

Bot funksiyalari 11 tilda mavjud bo'lib, butun dunyo bo'ylab 50 000 dan ortiq foydalanuvchiga ega. Bu raqamlar sezilarli darajada bo’lsa ham, bu faqatgina boshlanishi va biz bu ko’rsatgichni o’stirishda davom etamiz.
@wallet boti allaqachon Telegramdagi eng ommabop kriptovalyuta vositalardan biriga aylangan, biroq biz erishgan yutuqlarimiz bilan to’xtab qolishni rejalashtirmayapmiz — xizmat barchangiz uchun yaxshiroq bo‘lishini ta’minlash uchun doimo astoydil harakat qilamiz.

Bizning yo'l xaritamiz qanday tuzilgan:
— Botda mavjud bo’lgan kriptovalyutalar roʻyxatini kengaytirish.
— Pulli kanallar va guruh egalari uchun to‘lov vositalarini qo‘shish.
— Keshbek xizmatini amalga oshirish.
— Ko'plab targ’ibot tadbirlarini o'tkazish.

Bu xususiyatlarning barchasi aysbergning faqatgina uchi xolos. @wallet yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun kanalimizga obuna bo’ling.
1.9K views14:51
Ochish/sharhlash
2023-03-29 15:53:30 Channel photo updated
12:53
Ochish/sharhlash