Get Mystery Box with random crypto!

2014- yil Braziliyada boʻlib oʻtgan mundialning 1-turi, Argent | Vivarium♾

2014- yil Braziliyada boʻlib oʻtgan mundialning 1-turi, Argentina-Bosniya uchrashuvi. Jamoalar óz madhiyalarini kuylashyabdi. Safning boshida sardorlik boğichini taqib olgan, jamoadoshlari yonida mittigina kórinadigan Messiga kózim tushdi. Barselonadagi óyinlari bilan óziga tortgan Leo . Esimda guruh bosqichida magʻlubiyat nimaligini bilmagandi kumush ólka vakillari. Nimchorak finalda Shvetsariya, chorakfinalda Belgiya , yarim finalda penaltilar seriyasida qizil lolalar yurti óğlonlarini uylariga kuzatib finalga yól olishdi.
Final. Argentina - Germaniya. Iguainning hisobga olinmagan goli, hamda Mario Gyotzening ekstrotaymda urgan goli, Leo bilan butun Argentina( ózim ham) kózyosh tókkani kechagidek esimda.
Copa America finallarida esa ketma ket ikki marta Chili ga boy berilgan kuboklar alami qoldi kózlarda. Ayniqsa Messi foydalana olmagan penalti.... Finallarda mağlub bólgani tufayli anti Messichilarga kulgu boʻldik.
2018-yilgi jch da esa Fransiya tóxtatib qoldi bizni, alamlisi u final emas edi, nimchorak final...
Nihoyat 2021-yil boʻlib oʻtgan Copa America finalida Messi boshchiligida Argentina chempionlikni qoʻlga kiritdi. Qutqaruvchi rolida Di Maria.
Finalissima yodingizdadir, Yevropa chempioni skuadradzura(Italiya)ni mağlub etgani.
2022- yil. Qatar maydonlarida ótgan jahon kubogining ilk óyinidayoq mağlubiyatga uchragan Argentina jamoasiga ótilmagan tosh qolmadi.2-turdan óziga kelishni boshladi. Ketma ket ğalabalar. Chorak finalda esa tarix takrorlandi. Argentina-Gollandiya . Yana penaltilar seriyasi . Lotoreyadan keyin Leo vatandoshlari hursand bólishdi xolos. Finalda esa Fransiya kutib turardi. Tarkib jihatdan kuchli edi fransuzlar. Ammo jamoaviy óyin tomondan kórsatib qoʻydi Argentina . Kóp muhokamalarga sabab boʻlgan ammo tarixdagi eng qiziqarli ótgan finalda Messining , butun Argentinaning ( mani ham) orzusi amalga oshdi. Ha , Leo jahon kubogidagi oxirgi óyinida borini berib harakat qildi. Ğalaba , naqadar shirin. Turnirning eng yaxshi futbolchisi bólgani, kubokni sekin ópib, silab qóygani, boshi uzra kótargani..... Shu yerda postni tugatamizda ósha kungi emotsiyalarni yodga olamiz....

#justme