Get Mystery Box with random crypto!

QURUQ GAPLARDAN ChARCHADIK!!! (Ko'plab o'qituvchilar dardi) | Video|audiodarslar n.uktamov

QURUQ GAPLARDAN ChARCHADIK!!!
(Ko'plab o'qituvchilar dardi)

Bugun o'qituvchining maqomi haqida ijtimoiy tarmoqda bong urib aytilayotgan quruq gaplar-u,quruq vad'alardan zerikdik.Qayga qaramang 1000$ maosh,qator-qator imtiyozlar,ipoteka uylari,so'nggi rusumdagi avtamobil qaysi bir imkoniyatni aytayin.Aytsam
tilim-kuyar,aytmasam -dilim.
Ta'lim tizimi, nazarimda, quyi pog'onalarga tushib qolayotganday tuyulyapti.Bilmadim , ,,o'qishmish-o'qishmasmish'' deya, rosa kulgi bo'lib,bir trendga chiqib olgandik.AROSATDA QOLIB, HOKIMNING BUYRUG'INI BAJARAYMI YO TA'LIM VAZIRLIKNIKINIMI DEB O'QUVCHI-YU OTA-ONALARGA JAVOBGARDAY(Gunohkorday) TUYULGANDIK.YANA XUDDI SHUNDAY XITGA CHIQAMIZ, SHEKILLI,HAMKASBLAR.
O'qituvchidan tashqari hamma ,,aqlli''. To'g'ri-da,aldasang ishonib ishlaydigan,berganiga qanoat qiladigan,oyligi kam chiqsa,mayli barakasini bersin deb ko'nadigan,yil davomida halol ishlab,vaqti kelsa oldidan pul sarflab,lekin o'zining haqqini undirib olomaydigan,darsini vaqtida o'tib ham davlatga indamay undirma to'laydigan,o'quvchi ham,ota-ona ham kaltaklab ketsa,va eng alamlisi aybdor yana o'zi bo'lib chiqsa, arizasini yozib,indamay ho'rjinini yelkasiga ortgan insonni ,,aqlli''deb bo'lmaydi-da
HAYRATDAMAN, JUDA-JUDA HAYRATDAMAN.Shuncha budjet tashkilotlar bor,shuncha davlatni haqqini,pulini ,,ter to'kmay''(qo'polroq eshitiladi),zo'r sharoitli idoralarda,konditsionerli xonalarida o'tiriiiiiiiib,otni qashqasiday maosh olayotgan hodimlarning oyligini hech bir tashkilot surishtirmaydi,raqamlarga e'tibor bermaydi,moliya hisob-kitobni unitib qo'yadimi bunday mahalda,endi unisi Allohga ayon.O'QITUVCHINIKIGA kelganda ,,TUYANI USTIDA'' ham qopiydi,Ajaboooo.

Ustozlar ko'pchiligi mehnat ta'tili pulidan bir yillik reja tuzadilar.(u qilaman,bu qilaman deb)Lekin jamiyat ham o'qituvchining puliga ,,REJA''tuzarkan.Juda qiziq-aaa.Eng kulgili joyini aytaymi,HECH KIM Hatto ta'lim sohasiga vakolati bor shaxslar ham uyqudami deyman-da.Maktab va Maktabgacha ta'lim Vazirligi gapini o'tkazolmayapti yoki tushuntirolmayapti yoki kelishilgan holatda oqimga qarab suzmoqda.
Xalqimizda ozgina haqiqatni uchini chiqarib qo'ysangiz, juda ,,aqlli''bo'lib ketibdilarmi deb piching qilib qo'yishadi,yoki buncha noshukur(1000$oylik olib ham) deyishadi.Tanganing ikkinchi tomonini esa (aynan o'qituvchi haqidagi gap nazarda tutilgan)hech kim ko'rmaydi yoki ko'rmaslikka oladi.Yillab sog'ligini yo'qotgan,soatlab vaqtini o'quvchilariga baxshida qilgan,asablari yemirilgan(opusnoyim tushsa,albatta,davolanaman)degan… o'zini ishi qolib,davlat ishini tanlagan,oyligimdan bu safar bitta ko'ylakka pul orttiraman(kriditim tortib olmasa)degan,har kuni yo'l haqqi sarflab,puliga tushlik qiladigan ustozlarni harajatini ham bir hisoblab ko'ringlar,Oyligi qancha-yu.harajati qancha.

Xullas,gapirsa gap ko'p...Bir yilda bir marotaba tushadigan,o'zi ishlab,o'zi topgan o'qituvchining mehnat ta'til pullarini hisoblab,yonidan,enidan,bo'yidan qirqayotgan ,,chevarlar''(bundan xunuk ibora bor edi-ku, ko'ngilni vayron qilmay dedim)yashanglar,ustozlarning pullariga uzoq yashanglar Biz boriga, berganiga qanoat qilib o'rganib qoldik.446 ming mukofat puliga ham indamay ko'ndik-ku.Bizni Alloh u dunyoda mukofatlab qo'ysin.



Sarimsaqova Hilola.
Oddiy o'qituvchi .
https://t.me/+PdR4VUPnfBw2Nzky