Get Mystery Box with random crypto!

Ahmad Yassaviy Turklar orasida birinchi tariqat asoschisi, shu | Video|audiodarslar n.uktamov

Ahmad Yassaviy Turklar orasida birinchi tariqat asoschisi, shuningdek hayoti davomida xalqda chuqur taassurot qoldirgan birinchi so‘fiydir. Yassaviy oʻzi asos solgan Yassaviylik tariqati bilan birgalikda Oʻrta Osiyo turk qabilalari orasida tasavvufiy fikrlari bilan islom dinining rivojlanishi va tarqalishini taʼminlagan muhim kishidir. Ahmad Yassaviy 11-yuzyillikning ikkinchi yarmida Turkiston yaqinidagi Sayram qishlogʻida tugʻilgan, keyinchalik Turkiston ismini olgan Yassi shahriga kelib, shu yerda qo‘nim topgan. Otasi Shayx Ibrohim, onasi Qorasoch momo. Yassaviy ilk taʼlimni Yassida mashhur turk shayxi Arslonbobdan olgan. Arslonbob Yassaviyning shaxsiga kuchli ta'sir koʻrsatgan muhim shaxs va birinchi uning ustozi bo'lgan.
Arslonbob vafotidan soʻng oʻsha davrning muhim islom markazlaridan biri boʻlgan Buxoroga keladi va Yusuf Hamadoniydan taʼlim oladi. Yassaviy oʻzini tasavvufga bagʻishlab, bir muncha vaqt oʻtmay Yassiga qaytadi va vafotiga qadar shu yerda yashaydi.Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar yuqori darajada egallaydiki, xalq orasida «Madinada Muhammad,Turkistonda Xoja Ahmad» degan naql paydo bo‘ladi. Ahmad Yassaviy 1166- yilda vafot etgan. Uning shuhrati vafotidn keyin ham pasaymagan. Sohibqiron Amir Temur unga alohida hurmat bilan qaragani ma’lum. U 1395–1397- yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning eski qabri o‘rnida yangidan muhtasham maqbara qurdirgan. Bu maqbara hozir ham mavjud. «Hikmat»lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asaridir. Ularda 240 ga yaqin hikmatlar toʻplangan. Ular xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Hikmatlarga «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim»,«Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», «Xoja Ahmad», «Ahmad», «Ahmadiy»,«Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo‘yilgan.
@videodarslarkanali